Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

8.2-§. Adsorbsiya nazariyalari. 
Lengmyurning monomolekulyar adsorbsiya nazariyasi
. Qattiq jism 
yuzasida har xil gaz yoki suyuqlik bugʻi molekulalarining adsorbsiyalanishi 
jarayoni uchun bir necha nazariyalar ma‘lum boʻlib, bulardan eng birinchi nazariya 
1916-yilda 
Lengmyur
tomonidan ishlab chiqilgan. U quyidagi fikrlarga asoslangan: 

Gaz yoki erigan modda molekulalari qattiq jismni hamma joylariga emas
balki uning adsorbsion markazlar deyiladigan qismlariga adsorbsiyalanadi. 
Adsorbsion markazlarda toʻyinmagan 
valentli atomlar boʻlib, gaz 
molekulalari shu markazlarga yutiladi. 

Adsorbsion markaz gaz fazadan yoki eritmadan yolgʻiz bitta atom yoki 
molekulani tortib olishi mumkin (monomolekulyar adsorbsiya). Adsorbsiya 
issiqligi 10 kkal

mol, adsorbsion vaqt 
oraligʻida boʻladi. 

Adsorbent bilan adsorbsiyalangan molekulalar orasidagi ta‘sir etuvchi 
kuchlarning
 
tabiati kimyoviy kuchlarga yaqin boʻladi. 


105 

Adsorbsiyalangan molekulalar bir-biriga ta‘sir koʻrsatmaydi. 
Yuqoridagi ushu nazariya asosida chiqarilgan 
Lengmyur formulasi
quyidagicha 
yoziladi: 
Bu yerda, G-adsorbsiyalangan gaz miqdori; a va b – shu izotermaga xos 
oʻzgarmas kattaliklar; P-gaz bosimi. 
Eritmalarda sodir boʻladigan adsorbsiya uchun Lengmyur formulasi 
quyidagicha yoziladi: 
Bu yerda, G- solishtirma adsorbsiya
maksimal solishtirma adsorbsiya; 
k -oʻzgarmas kattalik; C- eritmaning adsorbsion muvozanat vaqtidagi 
konsentratsiyasi. 
Polyanining 
polimolekulyar 
adsorbsiya 
nazariyasi

Yuqorida 
koʻrganimizdek, Lengmyur nazariyasiga koʻra, birinchidan, adsorbsion kuchlar 
ma‘lum atomlar atrofida lokallashgan boʻlib, ularning tabiati kimyoviy kuchlar 
tabiatiga yaqin; ikkinchidan, adsorbent sirtiga yutilgan modda monomolekulyar 
qavat hosil qiladi. Lengmyur nazariyasi eritma bilan gaz orasidagi adsorbsiya 
jarayoni uchun yaxshi natijalar bersada, qattiq jism sirtida gazning adsorblanishini 
toʻla talqin qila olmaydi. Binobarin, adsorbtivning adsorbentga bogʻlanishi 
monomolekulyar qavat hosil boʻlgandan keyin ham toʻxtamaydi (52-rasm).

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin