Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Ikki suyuqlik chegarasidagi adsorbsiya jarayoni



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

60-rasm. Ikki suyuqlik chegarasidagi adsorbsiya jarayoni. 
Ikki suyuqlik chegarasida boʻladigan adsоrbsiya jarayonlari, masalan, suv va 
benzоl chegarasida, eritma-gaz chegarasida sоdir boʻluvchi jarayonlarga 
oʻxshashdir. Suyuqliklardan biriga sirt-faol modda qoʻshilganda u fazalar boʻlinish 
chegarasida adsоrbsiyalanadi va fazalar оrasidagi sirt tarangligini kamaytirib 
yubоradi. Sirt-faol modda difil mоlekulalarining qutbli gidrоfil qismi qutbli 
suyuqlik (suv)ga qarab, qutbsiz gidrоfоb qismi esa qutbsiz suyuqlik (benzоl)ga 
qarab jоylashadi. 
61-rasm. Suv-benzol chegarasida difil molekulalarining joylashish holati 
Qutbsiz uglevоdоrоd radikalining uzunligi va qutbli guruhlarning turiga 
bоgʻliq ravishda sirt-faol modda mоlekulalari tartibli jоylashishlarini saqlagan 
hоlda, suyuqliklardan biri (benzоl yoki suv ) da jоylashadi. Uglevоdоrоd radikali 
uncha katta boʻlmaganda, masalan, 
mоlekulasida, mоlekula qutbli 
muhit (suv) ga tоrtiladi. Radikal zanjirining uzayishi bilan qutbli guruhlarning 
ta‘siri kuchayadi va sirt-faol modda qutbsiz suyuqlik (benzоl) da erib ketadi (61-
rasm).
Agar suv va benzol aralashmasiga qutbsiz radikali hamda 
va hokazo kabi) qutbli guruhlari boʻlgan organik moddalar qoʻshilsa, bu modda 
molekulalarining qutbli guruhlari suvga, uglevodorod radikallari esa benzolga 


118 
qarab joylashadi. Agar difil mоlekula qutbli va qutbsiz muhitlarga nisbatan bir xil 
xususiyatga ega boʻlsa, u hоlda mоlekula fazalar boʻlinish chegarasida jоylashadi. 
Ikki suyuqlik chegarasidagi moddalar adsorbsiyasi xossasidan foydalanib, 
farmatsevtika va kimyo sanoatlarida har xil emulsiyalar tayyorlanadi, masalan, 
tibbiyot uchun streptotsid, sintomitsin, oltingugurt, rux oksid va boshqa 
emulsiyalar. Qishloq xoʻjaligi uchun insektitsid, gerbitsid va defoliant preparatlari 
kabi emulsiyalar tayyorlanadi. 
Adsorblangan molekulalardan iborat qavatning hosil boʻlish hodisasi 
emulsiyalar olishda va emulsiyalarning barqaror boʻlishida katta ahamiyatga ega. 
Emulsiya bir suyuqlikning boshqa bir suyuqlikka tarqalgan va u bilan 
aralashmaydigan tomchilaridan iborat. Agar suvga benzol qoʻshib chayqatilsa, 
darhol benzolning suvdagi emulsiyasi hosil boʻladi, bu emulsiya suvga tarqalgan 
benzol tomchilaridan iborat. Benzolning suvdagi emulsiyasi barqaror emas, chunki 
benzol tomchilari bir-biriga qoʻshilib, yirik tomchilar hosil qiladi va bir muncha 
vaqt oʻtgandan keyin suv sirtiga koʻtarilib benzol qavatini hosil qiladi.
Oʻzaro aralashmaydigan bunday ikki suyuqlikka ozgina sirt-faol modda 
(masalan, sovun) qoʻshib chayqatilsa, har qaysi tomchi sirtida sirt-faol moddaning 
mustahkam adsorbsion qavati hosil boʻladi va bu qavat tomchilarning bir-biri bilan 
birlashib, yirik tomchi hosil qilishiga yoʻl bermaydi, chunki har bir tomchi sirtidagi 
adsorbsion qavatda sirt-faol modda molekulasining qutbli qismi qutbli suyuqlikka 
tomon, qutbsiz qismi esa qutbsiz suyuqlikka tomon qaragan boʻladi. 
Emulsiyalarni barqaror qila oladigan sirt-faol modda 
emulgator 
deyiladi. 
Organik kislotalar, sovun, aminlar va boshqa birikmalar emulgatorlardir. 
P.Rebinder barcha difil sirt-faol moddalarni haqiqiy eruvchan sirt-faol 
moddalar va kolloid sirt-faol moddalar degan ikki guruhga boʻldi. Birinchisiga 
kichik radikalga ega boʻlgan difil eruvchan organik birikmalar (quyi spirtlar, 
fenollar, organik kislotalar, ularning tuzlari, aminlar va h.k.) kiradi. Ular sirt-faol 
modda sifatida kam ishlatiladi.
Kolloid sirt-faol moddalar alohida diqqatga sazovordir. 
―Sirt-faol moddalar‖
termini ham aynan ana shularga oid. Kolloid sirt-faol moddalarning ajoyib 


119 
xususiyati shundaki, ular termodinamik jihatdan barqaror kolloid (liofil) dispers 
sistemalar hosil qila oladi. Ularning muhim xarakteristikasi quyidagilardan iborat: 

sirt faolligi yuqori; 

mitsellalar 
hosil 
boʻladigan 
kritik 
konsentratsiyadan 
yuqori 
konsentratsiyalarga ega boʻlgan liofil-kolloid eritmalar hosil qila oladi; 

kolloid sirt-faol moddalarning eritmalarida 
solyubilizatsiya
hodisasi 
kuzatiladi. Bu hodisaning mohiyati quyidagicha. Agar biror sirt–faol 
moddaning yetarli konsentratsiyadagi eritmasiga suvda erimaydigan organik 
modda (boʻyoq, geptan, kerosin) solinsa, bu modda kolloid tarzda erib, tiniq 
eritma hosil qiladi. 
Sirt-faol moddalarning adsorblanish xususiyatini xarakterlashda ularning 
amalda qoʻllanilishi uchun ahamiyatga sazovor boʻlgan kattalik 
gidrofil-lipofil 
balans
tushunchasi ham kiritilgan (lipofil termini lipos – yogʻ soʻzidan kelib 
chiqqan). Sirt-faol moddaning gidrofil-lipofil balans soni modda tarkibidagi qutbli 
guruhning gidrofil xossalari bilan uglevodorod radikallarining lipofil xossalari 
orasidagi nisbatni xarakterlaydi. Gidrofil-lipofil balans sonini aniqlash uchun sirt-
faol moddalarning mitsellalar hosil qilish xususiyatidan va ularning emulsiyalarni 
barqarorlash xossalaridan foydalaniladi. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin