Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Ion almashinish adsorbsiyasida adsorbent zarralarining



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

63-rasm. Ion almashinish adsorbsiyasida adsorbent zarralarining 
yutilish sxemasi.
 
K.Gedroytsning aniqlashicha, tuproq, adsorbent sifatida qancha miqdorda 
ionlar qabul qilsa, shuncha ya‘ni ekvivalent miqdorda boshqa ionlarni eritmaga 
chiqaradi. K.Gedroyts oʻzining koʻp yillik ishlari natijasida tuproqdagi ion 
almashinish adsorbsiyasi jarayonida, faqatgina kationlargina oʻrin almashinishini 
aniqladi. Shuning uchun, har qanday tuproqning adsorbsiya xossasini mukammal 
oʻrganish uning unumdorligini oshirishdagi omillardan biridir. 
Suvning qattiqligi undagi kalsiy va magniy tuzlarini ion almashinish 
adsorbsiyasi yordamida kamaytiradi. Bu jarayon uchun adsorbent sifatida tabiiy 
silikat (seolit, glaukonit) lar va sun‘iy ishqoriy metallarning alyumosilikatlari 
ishlatiladi. Ular 
permutitlar 
deyiladi. 
Permutitlar yordamida suvning qattiqligi kamaytiriladi, ammo suvni kation 


126 
va anionlardan toʻliq tozalab boʻlmaydi. Suvni kation va anionlardan toʻliq 
tozalash maqsadida keyingi yillarda ion almashinish smolalaridan foydalaniladi. 
Smolalar oʻz xususiyatiga koʻra ikkiga: 
kationitlar
va 
anionitlarga
boʻlinadi. Agar 
adsorbent yutilgan tuz ionlari oʻrniga eritmaga vodorod yoki gidroksil ionlarini 
chiqarsa, gidrolitik adsorbsiya boʻladi. Masalan, NaCl, KCl tuzlarining yutilishi 
natijasida eritmada 
ionlari koʻpayadi 
Kationitlarning sirt qismi manfiy zaryadga ega boʻlib, oʻziga faqat 
kationlarni qabul qilib, eritmaga vodorod kationlarini chiqaradi:
Anionitlar eritmadan oʻziga faqat anionlarni qabul qilib, gidroksil ionlarini 
chiqaradi: 
Kationitni qaytadan tiklash (regeneratsiya qilish) maqsadida sulfat yoki 
xlorid kislotalarning 5% li eritmasi bilan yuviladi. 
Anionitlarni qaytadan tiklash maqsadida KOH yoki NaOH ning 5% li 
eritmasi bilan yuviladi. 
Suvni ion almashinuvchi smolalar yordamida tozalash xalq xoʻjaligining 
koʻp tarmoqlari (qand, ichimliklar, kimyoviy reaktivlar, dori preparatlari ishlab 
chiqarish) da, ayniqsa, yuqori bosimda ishlaydigan suv qozonlari uchun katta 
ahamiyatga ega.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin