131
65-rasm. Qoʻsh elektr qavatning hosil boʻlish sxemasi
Elektrоkinetik hоdisalar
ni dispers faza sirtida qoʻsh elektr qavat, ya‘ni dispers
faza va dispers muhit oʻrtasida pоtensiallar farqi hоsil boʻlishi bilan tushuntirish
mumkin. Agar dispers faza bir
xil ishоrali zaryad tashisa, suyuq muhit qarama-
qarshi ishоrali zaryadga ega boʻladi. Tashqi elektr maydоn ta‘sirida bu fazalar bir-
biriga nisbatan harakatga keladi. Masalan, manfiy zaryadlangan dispers faza
zarrachasi elektr maydоn ta‘sirida anоdga tоmоn harakatlanadi. Suyuqlikdan
kapillyarga pоtensiallar ayirmasining qoʻshilishi
tufayli musbat zaryadlangan
iоnlar suyuqlik bilan birga katоdga tоmоn harakatlanadi (65-rasm).
Qoʻsh elektr qavatning hosil boʻlishini tushuntiradigan uchta mexanizm taklif
qilingan:
Ion yoki elektron holatdagi zaryadning bir fazadan ikkinchi fazaga oʻtishi,
masalan, gaz faza bilan chegaralanib turgan metall oʻz ionlarini gaz fazaga bera
oladi. Metalldan ionning chiqib ketish tezligi esa temperaturaga bogʻliq va
temperatura oshgan sari uning chiqib ketish intensivligi ham oshib boradi.
Fizika fani nuqtai-nazaridan bu hodisa
termoelektron emissiya
deb ataladi.
Elektronlarning chiqib ketishi oqibatida metallning sirti musbat zaryadga, gaz
faza esa manfiy zaryadga ega boʻlib
qoladi va
qoʻsh elektr qavat
hosil qiladi.
Demak, eritmaga biror faza tushirilsa, eritmadan oʻsha tushirilgan faza
moddasi tarkibiga kirgan element ionlari birinchi
navbatda tushirilgan fazaga
adsorbsiyalanadi.
Qoʻsh elektr qavat hosil boʻlishining ikkinchi mexanizmi qattiq faza tarkibiga
kirmaydigan ionlarning fazalararo sirtga tanlanib adsorbsiyalanishidan iborat.
Bunda sistemaga aralashib qolgan qoʻshimcha moddalar tarkibidagi ionlar
adsorbsiyalanadi. Masalan, metall-suv sistemasiga osh tuzining eritmasi
qoʻshilsa, metall sirtiga xlorid ionlar tanlab adsorbsiyalanadi. Buning natijasida
metall sirtida ortiqcha manfiy zaryad (xlorid ionlari qavati) va eritmaning
metall sirtiga yaqin joyida natriy ionlaridan iborat
musbat zaryad qavati hosil
boʻladi. Bular ham
qoʻsh elektr qavat
hosil qiladi.
Qoʻsh elektr qavat hosil boʻlishining uchinchi mexanizmida ikki fazadan iborat
boʻlgan sistemaga ionlarga ajralmaydigan modda qoʻshilgan boʻlib, u fazalar
132
chegarasida adsorblana olmasin. Bunday hollarda fazalarni tashkil qilgan
moddalar tarkibidagi qutbli molekulalar oʻz vaziyatini biror bir faza tomonga
oʻzgartirib, chegara sirtga manfiy yoki musbat ishorali zaryad beradi.
Qaysi
ishorali zaryad berishi esa bir-biriga tegib turgan ikki fazadan iborat
sistemaning dielektrik singdiruvchanligiga bogʻliq boʻladi. Qaysi birining
dielektrik singdiruvchanligi katta boʻlsa, oʻsha faza musbat zaryadlanadi. Agar
suv bilan qattiq jism sistemasini oladigan boʻlsak, u holda suvning dielektrik
konstantasi (ya‘ni singdiruvchanligi) katta boʻlgani uchun (
81) suv va qattiq
jismdan iborat sistemada hosil boʻlgan qoʻsh elektr
qavatda suvga tushirilgan
qattiq modda sirti manfiy zaryadga suv sirti esa musbat zaryadga ega boʻladi.
Dostları ilə paylaş: