Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Qoʻsh elektr qavat tuzilishining hozirgi zamon nazariyalari



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

Qoʻsh elektr qavat tuzilishining hozirgi zamon nazariyalari.
Qoʻsh elektr 
qavatning hozirgi zamon ta‘limotiga koʻra suyuq va qattiq fazalar bir-biriga 
nisbatan harakatlanganda ularning oʻzaro ishqalanish tekisligi qattiq fazadan 
ma‘lum masofada yotadi. 
Kolloid zarrachalar katta sirtga ega boʻlganligi uchun ularga ionlar osongina 
adsorblanadi. Adsorblangan ionlar kolloid eritmalarning barqarorligiga katta ta‘sir 
etadi. Kolloid eritma ichidagi barcha zarrachalar bir xil musbat yoki manfiy 
boʻladi, bu zarrachalar bir-biridan qochadi, natijada kolloid eritma barqarorlashadi. 
Zaryadlangan kolloid zarracha sirti eritmadan qarama-qarshi zaryadli ionlarni 
tortib olishga intiladi. Buning oqibatida qattiq jism bilan suyuqlik oʻrtasida, xuddi 
kondensatordagi kabi, qarama-qarshi zaryadli ionlar qavati, ya‘ni qoʻsh elektr 
qavat vujudga keladi. 
2-3 molekula qalinlikdagi suyuqlik qavati fazalar oʻzaro harakatlanganda 
qattiq faza bilan birga qoʻzgʻalmas holda saqlanib, u bilan birga harakat qiladi. 
Boshqacha aytganda, kolloid zarracha sirtida adsorbsion qavat hosil boʻlib, bu 
qavatga faqatgina qattiq faza zaryadiga qarama-qarshi zaryadli potensial 
aniqlovchi ionlargina emas, balki qisman qarshi ionlar ham kiradi va ular qattiq 
faza bilan birga harakatlanadi. Qarshi ionlarning qolgan qismi diffuzion qavat hosil 
qiladi. Bu qavatda ionlar konsentratsiyasi kolloid zarrachadan uzoqlashgan sari 
kamayib boradi (74-rasm). 
Qoʻzgʻalmas adsorbsion qavatga kirgan qarshi ionlar qattiq fazaning zaryadini 
qisman kompensatsiyalaydi, ya‘ni bu zaryadni qisman kamaytiradi, xolos. Qattiq 
faza umumiy potensialining bir qismigina neytrallangan boʻladi. Qattiq faza 


146 
sirtining umumiy potensiali 
termodinamik potensial
deyiladi. 
74-rasm. Qoʻsh elektr qavat sxemasi. 
U vaqtda qoʻsh elektr qavatning qoʻzgʻaluvchan (diffuziyaviy) va 
qoʻzgʻalmas (adsorbsiyaviy) qismlari orasida paydo boʻlgan potensiallar farqi 
elektrokinetik potensial deyiladi
va u ξ (dzeta) harfi bilan belgilanadi, shuning 
uchun dzeta-potensial deb ham ataladi. σ dan koʻrinib turibdiki, elektrokinetik 
potensial: 

– 
bu yerda, 
-qoʻzgʻalmas qavatda potensialning kamayishi. 
Eritmadagi barcha ionlar konsentratsiyasi elektrokinetik potensial qiymatiga 
ta‘sir etadi. Eritmada ionlar konsentratsiyasi kamaysa, ular qattiq zarracha sirtidan 
uzoqlashgani sababli qoʻsh elektr qavatning qalinligi ortadi. Qoʻsh elektr qavat 
kattalashganida qarshi ionlarning bir qismi adsorbsion qavatdan diffuzion qavatga 
oʻtadi, natijada dzeta-potensial oʻzgaradi. Agar diffuzion qavatdagi ionlarning 
hammasi adsorbsion qavatga oʻtsa, u holda, qoʻsh elektr qavat qalinligi adsorbsion 
qavat qalinligiga teng boʻlib qoladi. Bu qavatda dzeta-potensial nolga teng boʻladi, 
lekin termodinamik potensial oʻzgarmaydi. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin