Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

Tayanch tushuncha va iboralar 


187 

musbat adsorbsiya, manfiy adsorbsiya, sirt-faol moddalar
,
sirt-nofaol moddalar, sirt 
befarq moddalar, ―sirt-faollik‖, ―ortiqcha miqdor‖
yoki 
―Gibbs adsorbsiyasi‖, gidrofil 
guruh, gidrofob guruh, kation sirt-faol moddalar, anion sirt-faol moddalar,
amfоlit 
(amfoter) sirt-faol moddalar
,
 noionogen sirt- faol moddalar,
sirt-faol moddalarning
muhim 
xarakteristikasi.
 
18-§. KОLLОID SIRT-FAOL MОDDA MITSELLALARINING 
TUZILISHI VA AHAMIYATI 
18.1-§. Sirt-faol moddalarning mitsellyar eritmalari. Mitsellaning hosil 
boʻlish konsentratsiyasi. 
Mitsella hosil boʻlishi.
 
Koʻp sirt-faol moddalar, masalan sovun, yuvishda 
ishlatiladigan moddalar (detergentlar), tannidlar (oshlovchi moddalar) boʻyoq 
moddalar, alkoloidlar - chin eritma hosil qiladigan moddalar boʻlib, ba‘zi paytlarda 
mitsellyar kolloid eritma ham hosil qilishlari mumkin. Sirt-faol moddani juda koʻp 
suyultirsak u eritmada molekula yoki ion holida boʻlib, uning eritmasi chin eritma 
boʻladi. Sirt-faol moddaning konsentratsiyasini oshirgan sari uning difil 
molekulalari yoki ionlari bir-biri bilan birlashib, assotsiatlar yoki agregatlar hosil 
qiladi, buni 
mitsellalar hosil boʻlishi 
deb ataladi. 
Eritmalarda mitsellalarni hosil boʻlishi molekulaning difilligiga bogʻliq 
boʻlib, mitsella hosil boʻlishi uchun molekula zanjirida kamida 4-5 uglerod atomi 
boʻlishi shart. 
Suvsiz (qutbsiz) eritmalarda esa molekulani agressiyaga uchratib mitsellani 
hosil qilishda qutbsiz guruhlarning bir-biriga ta‘siri asosiy funksiyani bajaradi. 
Bunda teskari mitsellalar hosil boʻladi, natijada sirt-faol modda molekulalarining 
gidrofob qismlari erituvchiga qaragan boʻladi 
 
Masalan, qutbsiz qattiq jism (koʻmir, parafin, qurum) bilan suyuqlik 
(suv)ning chegara sirtida adsorbsion qatlamning orientatsiyalanishi qutbli gidrofil 
qismi tomonidan boʻladi. Sirt-faol moddalarning adsorbsion qavati qattiq sirtni 
erkinlashtiradi va unga qutblilik xossasini beradi. Bunda fazalar qutbliligi 
tenglashadi, ya‘ni qutbsiz-qutbli chegara qismida qutbli-qutbli qism hosil boʻladi 
(94-rasm). 
Ikkinchi holatda qutbli gidrofil sirt (qum, boʻr, tuproq) bilan qutbsiz suyuqlik 
(benzol) ta‘sirlashadi. Bunda sirt-faol modda molekulalari qutbli qismi bilan qutbli 


188 
qattiq jismning sirt yuzasida orientatsiyalanadi. Sirt-faol moddaning qutbsiz qismi 
bilan qutbsiz suyuqlik (benzol) ta‘sirlashadi 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin