Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Qattiq jism- suyuqlik chegarasida sirt-faol moddalarning



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

94-rasm. Qattiq jism- suyuqlik chegarasida sirt-faol moddalarning 
adsorbsiyasi. 
Hamma sirt-faol moddalar ham mitsella hosil qilish xususiyatiga ega boʻla 
olmaydi. Berilgan erituvchi uchun gidrofil-lipofil balansi (GLB) maqbul qiymatga 
ega boʻlgan sirt-faol moddalargina mitsella hosil qilishi mumkin (21-jadval). 
 
 
21-jadval 
GLB qiymatiga koʻra SFM larning qollanilish sohalari 
GLB soni 
SFM larnin qoʻllanilishi 
1-4 
Koʻpiklarni soʻndiruvchi 
3-6 
II tur emulgatorlar 
6-8 
Hoʻllovchi 
8-13 
I tur emulgatorlar 
13-20 
I tur emulgatorlar 
20 va undan katta qiymatda 
Solyubilizatorlar
 
Bunda sirt-faol moddalar har bir berilgan hol uchun tanlab olinadi. Kolloid 
sirt-faol moddalar alohida diqqatga sazovordir. Kolloid sirt-faol moddalarning 
asosiy xususiyatlardan biri ular termodinamik jihatdan barqaror kolloid 
(liofil

dispers geterogen sistemalar hosil qila oladi. 
Mitsellaning 
hosil 
boʻlish 
konsentratsiyasi.
 
Eritmalarda 
sirt-faol 
moddalarning konsentratsiyasi oshganda mitsellalar hosil boʻlish nuqtasi va 
eritmaning xususiyatini oʻzgarishi 
mitsellaning hosil boʻlish konsentratsiyasi 
(MHBK)
 
deb ataladi. 


189 
Mitsella hosil boʻlishining kritik konsentratsiyasi juda katta ahamiyatga ega 
boʻlib, uning qiymatiga qarab eritmaning xossalari oʻzgarib boraveradi. MHBK ga 
har xil omil (faktor)lar ta‘sir qiladi. Masalan, sirt-faol moddaning molekulyar 
massasi oshishi bilan MHBK qiymati kamayib boradi va sirt-faollikka teskari 
proporsional boʻladi. Sirt-faol moddaning molekulyar massasi bitta gomolog 
qatorga 
ga oshsa, Dyuklo-Traube qoidasiga boʻysunadi, ya‘ni: 

Sirt-faol moddalarning eritmalariga noorganik tuzlarni qoʻshish yoʻli bilan 
MHBK ni oʻzgartirish mumkin. Ionogen sirt-faol moddalarning eritmalariga 
noorganik tuzlarning qoʻshilishi MHBK ni keskin pasaytiradi. Pasayish darajasi 
qoʻshilgan noorganik tuzlarning gidratlanish qobiliyatiga qarab quyidagi qatorni 
hosil qiladi: 




Noionogen sirt-faol moddalar uchun qoʻshilayotgan noorganik tuzlarning 
ta‘siri kamroq boʻladi. 
Koʻpgina organik moddalar ham MHBK ga ta‘sir qiladi. Yuqori molekulyar 
tuzilishga ega boʻlgan organik moddalar MHBK ini kamaytiradi, quyi molekulalar 
(sirt-faol moddalar) erituvchi muhitini kuchaytirishi natijasida MHBK ni oshiradi. 
Uzun zanjirli spirtlar MHBK ni kamaytiradi.
MHBK ni topish uchun konsentratsiya o‗zgarishiga bog‗liq bo‗lgan istalgan 
parametr (xossa) grafigi chiziladi (95-rasm).

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin