104-rasm. Turli emulsiyalarning mikroskopda koʻrinishi: a)konsentirlangan monodispers emulsiya; b) polidispers emulsiya, v) yuqori konsentirlangan emulsiya. Yuqori konsentrlangan emulsiyalarda dispers faza miqdori ortgan sari
tomchilar bir-birini oʻzaro deformatsiyalaydi. Nihoyat ular yupqa suyuqlik
qatlamiga joylashgan emulgator pardasi bilan bir-biridan ajralgan koʻp qirrali
poliedrik shaklga oʻtib qoladi. Haqiqatdan ham agar ushbu emulsiya mikroskop
orqali qaralganda, undagi tomchilar xuddi asalari iniga oʻxshash holda kuzatiladi.
Yuqori konsentrlangan emulsiyalarda dispersion muhit qatlamining qalinligi
emulgator tabiatiga qarab
gacha yupqalashishi mumkin. Yuqori
konsentrlangan emulsiyalarda tomchilar zich joylashganligi uchun ularning
barqarorligi emulgatorning tabiati va konsentratsiyasiga bogʻliq boʻladi.
Odatda emulsiyalar bir-birida erimaydigan suyuqliklar aralashmasiga
emulgator qoʻshib intensiv chayqatish bilan mexanik dispergatsiya usulida olinadi.
Dispergatsiya jarayonini tezlatish uchun maxsus emulgatorlar qoʻllaniladi (23-
jadval).
23-jadval Emulgator sinflari Emulgator turi M
S turidagi emulsiya uchun gidrofil emulgatorlari S
M turidagi emulsiyalar uchun gidrofob emulgatorlar Dagʻal emulgatorlar
tuproq, un va boshqalar
qurum va boshqalar
Kolloid emulgatorlar
Jelatin, kazein, albumin,
dekstrin va boshqalar
Qatronlar, kauchuk va boshqalar.
Molekulyar
emulgatorlar
Ishqoriy metallar sovunlari,
boʻyoqlar
Koʻp valentli metallarning sovunlari
Sоvun eng koʻp ishlatiladigan emulgatоr hisоblanadi. Ishqоriy metallarning
sоvunlari koʻprоq gidrоfil xоssaga ega boʻlganidan, S/M tipdagi emulsiyalar
оlishda emulgatоr sifatida ishlatiladi. Koʻp valentli metallarning sоvunlari koʻprоq
gidrоfоb xоssaga ega boʻlganligi uchun S/M tipdagi emulsiyalar оlishda ishlatiladi.