202
SFM
GLB
SFM
GLB
Natriy laurilsulfat
40
Butanol
7,0
Kaliy oleat
20
Glitserin monostearat
3,8
Natriy oleat
18
Olein kislota
1,0
Emulsiya barqarorligi emulgator tabiatiga, temperaturaga, fazalar nisbatiga va
boshqalarga bogʻliq. Emulgatorlarning tabiati barqarorlikni taminlash bilan birga
emulsiya turini aniqlaydi. Masalan, gidrofil emulgatorlar
asosan suvda yaxshi
eriydi va M
S turidagi emulsiyani hosil qiladi. Agar qattiq emulgator suvda yaxshi
namlansa M
S turidagi emulsiya, agar poroshok uglevodorodda yaxshi namlansa
S
M turidagi emulsiya hosil boʻladi.
Emulsiya turini aniqlash
uchun quyidagi
usullardan foydalanish mumkin:
bir tomchi emulsiya shisha plastinka ustiga tomiziladi. Uni yoniga bir tomchi
suv
yoki moy tomizilib, shisha plastinkani qiyalatish orqali tomchilar
birlashtiriladi va qaysi bir tomchining qoʻshilib ketishi kuzatiladi. Olingan
suyuqliklarning qaysi biri emulsiya tomchisi bilan qoʻshilib ketsa oʻsha
suyuqlik dispersion muhit hisoblanadi.
emulsiyaning elektr oʻtkazuvchanligi orqali uning turini aniqlash mumkin. Bu
usul suv va suvli eritmalarning ―moy‖ga
nisbatan sezilarli elektr
oʻtkazuvchanlikka ega ekanligiga asoslangan. Buning uchun tekshiralayotgan
emulsiyaga tushirilgan ikki elektrod va akkumulyatordan tashkil topgan
zanjirga milliampermetr ulanadi. Agar dispersion muhit ―suv‖ boʻlsa
milliampermetr sezilarli darajani koʻrsatadi. Agar dispersion muhit ―moy‖
boʻlsa zanjirda tok boʻlmaydi.
emulsiyaning rangiga asoslanib ham uning turini aniqlasa boʻladi.
Buning
uchun emulsiyani tashkil qilgan suyuqliklardan faqat birida eriydigan boʻyoq
olinib, bu boʻyoq emulsiyaga qoʻshiladi va emulsiyaning bir tomchisi
mikroskop ostida qaraladi. Agar olingan tomchida boʻyoq erisa, oʻsha suyuqlik
dispers faza, ikkinchi suyuqlik esa dispersion muhit boʻladi.
Agar M/S turdagi emulsiyada gidrofil emulgator (masalan, natriy oleat)
gidrofob emulgatorga (masalan, kalsiy oleatga) almashtirilsa, S/M
turdagi
203
emulsiyaga aylanishi mumkin (106-rasm). Bir turdagi emulsiyani ikkinchi turdagi
emulsiyaga о‗tish hodisasi
emulsiya fazalarining almashinishi
deb ataladi
Dostları ilə paylaş: