227
119- rasm. Har xil turdagi boʻkish kinetikasini ifodalovchi egri chiziqlar
.
119-rasmda boʻkish jarayonining kinetikasini ifodalovchi tipik egri chiziqlar
keltirilgan. 119-rasmdagi 1, 2
,
4-egri chiziqlar chekli boʻkishni, 3-egri
chiziq esa
cheksiz boʻkishni koʻrsatadi. Boʻkish darajasining yuqori qiymatga ega boʻlish
vaqti turli polimerlar uchun turlicha ekanligi ham rasmdan koʻrinib turibdi.
Masalan, ba‘zi polimerlarda boʻkish tez (1-egri chiziq), boshqalarida esa sekin (2-
egri chiziq) boradi.
Cheksiz boʻkadigan polimerlar vaqt oʻtishi bilan eriydi (3-egri chiziq). Bu
holda garchi egri chiziqda maksimum boʻlsa-da, boʻkish darajasining maksimal
qiymati toʻgʻrisida fikr yuritib boʻlmaydi. Chunki ma‘lum vaqtdan soʻng boʻkkan
polimer eritma tarkibiga toʻliq oʻtib eriydi.
Shunday qilib, boʻkish egri chiziqlaridan koʻrinib
turibdiki, polimerning
molekulyar massasi qanchalik kichik va kam tarmoqlangan boʻlsa, unda
molekulalararo oʻzaro ta‘sir kuchsiz boʻladi va polimer bilan erituvchi oʻrtasidagi
termodinamik moyillik qanchalik katta boʻlsa, boʻkish
darajasining maksimum
qiymati shunchalik kichik boʻladi. Komponentlar oʻrtasidagi termodinamik
moyillik sistemaning erkin energiyasi va ularning
kimyoviy potensiali
qiymatining oʻzgarishiga bogʻliq
boʻladi.
Molekulalararo oʻzaro ta‘sir kuchli va molekulyar massasi juda katta boʻlgan
ba‘zi polimer (masalan, oqsil) lar juda sekinlik bilan eriydi. Bunday polimerlarning
boʻkish darajasining maksimum qiymati juda uzoq vaqt oʻzgarmasdan saqlanib
qoladi. Chekli boʻkadigan polimerlarni eritish uchun
harorat darajasini oshirish,
sistemani aralashtirib turish bilan molekulalararo oʻzaro ta‘sir kuchini kuchaytirib,
polimer makromolekulasini harakatchanligi oshirilsa,
ularning erishi tezlashib
boradi.
Shunday qilib, yuqori molekulyar birikmaning cheksiz boʻkishi, ya‘ni
polimerning erishi ikki suyuqlikning oʻzaro cheksiz aralashishi kabi boʻladi.
Sistemadagi bir komponent molekulasining egiluvchan uzun zanjirli tuzilishig
Dostları ilə paylaş: