Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

 
24.3-§. Kolloid kimyoning xalq xo

jaligidagi о‘rni va ahamiyati. 
Barcha ishlab chiqarish muassasalarida aerozollar muhim ahamiyat kasb 
etadi. Tabiatdagi barcha ob‘ektlarda ham qattiq-qattiq, suyuq-gaz, suyuq-qattiq, 
gaz-qattiq holatdagi dispers sistemalar bor. Shu sababli dispers sistemalarning 
o‗rnini bilish va ularni boshqarish masalasi ishlab chiqarishda uchraydigan barcha 
masalalarni hal qilishda va tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. 
Sanoat ob’ektlarini aerozollardan tozalash. 
Sanoatning deyarli barcha 
sohalarida turli xil ishlab chiqarish jarayonlarida aerozollar hosil bо‗ladi. Og‗ir 
ishlarni mexanizatsiyalash kuchaygan sari chang hosil bо‗lishi ham kuchaymoqda. 
Shu sababli changga qarshi kurashish borasida bajariladigan tadbirlar muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, kо‗mir shaxtalarida changning miqdori 470-500 
ga yetadi. Agar kо‗mir qazishdan avval sug‗orilsa, havoda changning 
konsentratsiyasi 200-300 
gacha kamayadi. 


252 
Kо‗mir shaxtalarida qо‗llaniladigan ventilyatsion qurilmalarning ishlashi 
natijasida har daqiqada 1200 
chang tashqariga chiqarib turiladi, buning 
natijasida shaxta ichidagi havoda changning miqdori 30-40 
chamasida 
saqlanib turadi. Bu jarayon tufayli juda kо‗p mahsulot yо‗qotiladi va tashqaridagi 
havo (atmosfera) ifloslanadi. Shuningdek, sement zavodidan chiqqan chang zavod 
atrofidagi joylarga (2-3 km masofaga) tarqaladi. Ba‘zan sement aerozollarini 
zavoddan bir necha о‗n kilometr masofada ham payqash mumkin.
Aerozollarni tutib qolishda adsorbsiya va hо‗llanish jarayonlaridan keng 
foydalaniladi. Masalan, ruda qazish ishida qazilishi kerak bо‗lgan joylarga 
oldindan suv berish, ya‘ni «hо‗l usulda ruda qazish» keng miqyosda 
qо‗llanilmoqda. Bu ishlarning samaradorligi sirt-faol moddalar ishtirokida va 
kolloid kimyoning boshqa usullari qо‗llanilganida ancha yuqori darajaga 
kо‗tariladi. 
Atmosferadagi zararli gaz va chang holidagi (aerozol) qо‗shimchalardan 
havoni tozalash ikki usul:

tarkibida zararli qо‗shimchasi bо‗lgan aerozolning hosil bо‗lishini 
tо‗xtatish;

aerozolni yemirilishga majbur qilish;
orqali amalga oshirilishi mumkin. Masalan, tog‗ jinslarini qazishda oldindan shu 
maydonlarni suv bilan sug‗orish orqali aerozollar hosil bо‗lishi kamaytiriladi. 
Sug‗orish uchun beriladigan suv tarkibiga sirt-faol modda, kо‗pik hosil qiluvchi 
vositalar qо‗shiladi. Foydali qazilma rudalarni boyitishdan avval texnik ishlash 
yо‗li bilan zararli moddalarning atmosferaga chiqib ketishining oldini olish 
mumkin. Masalan, kо‗mir tarkibida bо‗lgan oltingugurt miqdori (kо‗mir 
yoqilishidan avval) biror kimyoviy yoki mexanik usulda kamaytirilsa, kо‗mir 
yonganida atmosferaga chiqib ketadigan 
ni saqlab qolish osonlashadi. 
Masalan, Angliyada kon havosidagi changni kamaytirish maqsadida suv 
berish usulidan tashqari maxsus chang yig‗uvchi asboblar qо‗llaniladi; 
Germaniyada kalsiy xloridli pastadan foydalaniladi, chunki kalsiy xlorid 
gigroskopik modda bо‗lganligi uchun havodagi namlikni tortib olish orqali rudani 
hо‗llab turadi.


253 
Havoni 
tozalashning 
ikkinchi usuli 
aerozolni 
yemirish
dan 
iborat. 
«Aerozolning yemirilishi» deganda aerozolni tashkil etgan kо‗p fazali moddalar 
sistemasining bir fazali gazlar sistemasiga aylanishini tushunmoq kerak. 
Buni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi, bunda asosan, 
aerozolning elektr xossalari katta ahamiyat kasb etadi. Aerozol zarrachalari ba‘zan 
о‗zining hosil bо‗lish jarayonida muallaq holatda zaryadlana oladi. Masalan, 
muallaq holatdagi aerozolga qutbli suyuqlik purkalganda aerozol zarrachalari gaz 
holatdagi ionlarni yutib zaryadlanib qoladi. Demak, aerozollarning zaryadlanishida 
gaz holatdagi ionlar ma‘lum rol о‗ynashini kо‗ramiz. 
Aerozollarni texnikada yemirish uchun qо‗llaniladigan asboblarda havoda 
elektr razryad yaratish usulidan keng foydalaniladi. Bunday asboblar 
elektr filtrlar 
deb ataladi (138- rasm).
 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin