254
moddalar zaharsiz moddalarga aylantiriladi. Masalan, gazlarni
dan
tozalash
uchun gaz natriy sulfit, natriy bisulfit yoki temir (II)-sulfat eritmalari orqali
о‗tkaziladi.
ni yuttirish uchun natriy karbonat eritmasidan foydalaniladi.
Adsorbsion usulda gazlarni tozalash turli gazlarning qattiq jismga (adsorbentga)
tanlanib (selektiv) yutilishiga asoslangan. Masalan, gazni
dan tozalash uchun
adsorbent
sifatida alyuminiy oksid,
dan tozalashda esa silikagel ishlatiladi.
Gazni qо‗shimchalardan nihoyatda samarali tozalash uchun kimyo sanoatida
katalitik usul qо‗llaniladi. Masalan, gazni
dan tozalash uchun alyuminiy-
vanadiy katalizator ishtirokida
ning ammiak bilan
qaytarilish reaksiyasidan
foydalaniladi:
Havoni zararli gazlardan tozalash
. Tabiiy toza havo bir necha gazdan iborat
aralashma bо‗lib, unda hajm jihatidan 78,09 % azot, 20,95 % kislorod, 0,93 %
argon, 0,03-0, 06 % uglerod (IV)-oksid, 0,0018
%
neon, 0,0005 % geliy bor. Bu
asosiy tarkibiy qismlardan tashqari havoda suv bug‗i, juda oz miqdorda metan
, kripton Kr, azot (I) -oksid
,
vodorod
, ksenon Xe, azot (IV) -oksid
, ozon
, ammiak
ham bо‗ladi (ularning miqdori metan
dan
ammiak
ga tomon о‗tgan sari kamayib boradi).
Gaz holatidagi chiqindi asosan tutun va tuman holida bо‗ladi.
Tutun-
ichida
qattiq modda zarrachalari bо‗lgan gazlar aralashmasidan iborat sistema.
Tuman-
ichida suyuqlik tomchilari bо‗lgan gazlar aralashmasidan iborat sistemadir.
Chiqindi gazlar tarkibida zararsiz moddalar bilan birga zaharli moddalar (masalan,
) ham bо‗lishi mumkin.
Gaz holatidagi chiqindilarni tozalash uchun
quruq
va
ho‗l
usullar qо‗llaniladi.
Quruq usullar bilan ishlaganda turli konstruksiyadagi
filtrlar yoki maxsus
apparatdan foydalaniladi. Chiqindi gazlar zaharli moddalardan maxsus
adsorbentlar (aktivlangan kо‗mir, sintetik va tabiiy materiallar) yordamida
tozalanadi. Adsorbent gaz muhitidagi moddalardan ayrim komponentlarni о‗ziga
tanlab yutadi. Keyin adsorbentdan yutilgan moddalarni ajratib olib, adsorbentni
255
qaytadan ishlatish mumkin. Shu yо‗l bilan
gazlarni azot oksidlaridan, oltingugurt
(IV)-oksididan va sianid kislotadan tozalash mumkin.
Gazlar aralashmasini tozalashda
ho‗l usullar
gaz aralashmadagi turli
komponentlarning suyuqliklarda turlicha erishiga asoslanadi.
Erituvchi sifatida
suv, ishqorlarning eritmalari, ohakli suv, marganes oksidlari suspenziyalaridan
foydalaniladi. Gazlar aralashmasidagi ayrim komponentlar shu suyuqliklarga
yutilgan (absorbsiya) dan keyin erituvchilarni qizdirish yо‗li
bilan yutilgan gazlar
chiqarib olinadi. Erituvchini tozalab, qaytadan ishga tushiriladi.
Qattiq va suyuq qо‗shimchalardan ozod bо‗lgan gaz aralashmani kimyoviy
usullar bilan tozalash mumkin. Bu maqsadda neytrallash, oksidlash-qaytarish
usullari keng qо‗llaniladi. Gazlarni tozalash uchun qо‗llaniladigan oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalarini amalga oshirishda katalizatorlardan keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: