23-rasm. Dializator sxemasi.
Kolloid eritmalarni molekula va ion eritmalaridan (oʻsimlik, hayvon va sun‘iy
membranalardan
oʻtadigan aralashmalardan) tozalash
dializ
deb,
unda
ishlatiladigan asbob-uskunalar esa
dializatorlar
deb ataladi (23-rasm).
Grem tоmоnidan tavsiya qilingan оddiy dializatоr ikkita idishlardan tashkil
tоpgan boʻlib, ulardan birining tubiga yarim oʻtkazgich parda tushirilgan boʻladi.
Bu idishga tоzalanadigan gidrоzоl quyiladi. Ikkinchi idishga esa distillangan suv
quyiladi.
Tag tomonida yarim oʻtkazgich membrana – (kollodiy yoki mol pufagidan
iborat parda) boʻlgan kolloid eritmali idish distillangan suvli boshqa idishga
tushirilib mahkamlab qoʻyiladi.
Idishdagi suv tez-tez almashtirilib turiladi, yarim oʻtkazgich membrana
teshiklarining diametri 20-30 nm atrofida boʻladi. Bu teshiklardan molekula va
ionlar oʻtadi, dispers faza zarrachalari oʻta olmaydi. Kolloid eritmadagi
elektrolitlar diffuziyalanib chiqib ketadi va kolloid eritma tozalanib qoladi.
47
Membrana
- bu turli xil ikki faza oraligʻida joylashgan ajratuvchi fazadir.
Membranalar odatda (agar membrana tarkibida tashuvchi ionlar mavjud boʻlsa)
faol yoki (agar membrana koʻchirilishi kerak boʻlgan moddaga nisbatan neytral
boʻlsa) nofaol (yoki sust) bo‘lishi mumkin.
Membrana va filtr bir-biridan tuzilishi va ajratuvchilik qobiliyati bilan
farqlanadi. Masalan, moddalar membranani yuqori qismida yigʻiladi, filtrda esa
butun hajmda yigʻilishi mumkin va shuning uchun ham membrana filtrga nisbatan
tez ifloslanadi (24-rasm).
24-rasm. Membrana (a) va filtr (b)ning tuzilishi
Agregat holatiga koʻra membranalar qattiq yoki suyuq holatda boʻladi.
Ba‘zan, kollodiy va sellofanlardan sun‘iy membrana tayyorlanadi. Kolloid eritmani
tozalash uchun, uni sun‘iy membrana xaltachasiga solib, soʻngra suvli idishga
botiriladi. Kolloid eritmadagi molekula va ionlar elektrolitlar parda orqali oʻtib,
suvda diffuziyalanib chiqib ketishi natijasida kolloid eritma tozalanadi. Dializning
bu oddiy usuli kolloid eritmalarni laboratoriya sharoitlarida tozalashda keng
ishlatiladi.
Elektrodializ.
Elektrodializ kolloid eritmalarni tozalashda eng qulay usul
hisoblanadi.
Elektrodializ
- elektr toki yordamida dializ jarayonini tezlashtirishdir.
Ishlatiladigan asbob
elektrodializator
deb atalib (25-rasm), asbobga doimo oqar
suv quyiladi.
|