Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Kolloid zarrachalarning diffuziyasi



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

Kolloid zarrachalarning diffuziyasi. 
Kolloid eritmalardagi zarrachalarning 
oʻlchami, hajmi va massasi chin eritmadagi zarrachalarning oʻlchami, hajmi va 
massasidan bir necha barobar katta boʻladi. Shu sababli kolloid zarrachalarning 
diffuziyalanish tezligi chin eritmadagi zarrachalarnikiga nisbatan bir necha marta 
kichik boʻladi.
28-rasm. Diffuziya jarayoni. 
 
Eruvchining - erituvchida va dispers fazaning - dispers muhitda oʻz-oʻzicha 
teng tarqalishiga 
diffuziya hodisasi
deyiladi (46-rasm). Diffuziya hodisasi qaytmas 
jarayon boʻlib, 28-rasmda koʻrsatilganidek, kolloid sistemaning pastki qismida 
zarrachalarning 
konsentratsiyasi kolloid sistemaning yuqori qismidagi 
zarrachalarning 
konsentratsiyasidan katta boʻladi, ya‘ni 
Xuddi 
rasmdagi strelka yoʻnalishi misolida tasvirlanganidek, diffuziya konsentratsiya 


53 
katta tomondan sistemaning konsentratsiyasi kichik tomoniga harakatlanadi va 
qachonki, 
da muvozanat qaror topadi. 1869-yili rus olimi I.Borshchov 
diffuziyalanish tezligi zarrachalarning oʻlchamiga bogʻliq, shuning uchun 
diffuziyalanish tezligi chin eritmalarga nisbatan kolloid eritmalarda kichik 
boʻlishini aniqladi. Diffuziya tezligi zarrachalarning shakliga, oʻlchamiga, dispers 
muhitning haroratiga va qovushqoqligiga ham bogʻliq boʻladi. Bu bogʻliqlikni 
1906-yili A.Eynshteyn aniqlagan edi: 


r
N
RT
D
6
0

bu yerda, R - gaz doimiyligi; T - absolyut harorat, 
0
К; N -Avogadro soni; r - 
molekulalarning radiusi; η - dispersion muhit qovushqoqligi; D - diffuziyalanish 
tezligi (diffuziya koeffitsienti).
Bu tenglamadan koʻrinib turibdiki, diffuziya tezligi haroratga toʻgʻri 
proporsionaldir, ya‘ni harorat koʻtarilishi bilan diffuziya tezligi ortadi. Shu 
tenglamaga 
muvofiq 
diffuziya 
tezligi 
zarracha 
oʻlchamiga va muhit 
qovushqoqligiga teskari proporsionaldir, ya‘ni zarracha oʻlchami qancha katta 
boʻlsa va muhit qovushqoqligi qanchalik yuqori boʻlsa, diffuziyalanish tezligi 
shuncha kam boʻladi. Shunga muvofiq chin eritmalardagi diffuziya tezligiga 
nisbatan, kolloid eritmalarda diffuziya tezligi yuzlab va minglab marta kam boʻladi 
(6-jadval). 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin