Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

k
k
A
А
Aa








83 
tenglamaga ega boʻlamiz. Bu yerda, 
– birinchi moddaning koageziya entalpiyasi, 
- ikkinchi moddaning koageziya entalpiyasi. Yuqoridagi tenglamalardan 
foydalanib adgeziyada bajarilgan ish uchun quyidagi 
Dyupre-Yung tenglamasi 
hosil qilinadi: 
ni suyuqlikning sirt tarangligi 
va hoʻllanish burchagining kosinusidan 
hisoblab chiqarish mumkin. Adgeziya qancha kuchli namoyon boʻlsa, 
shuncha katta qiymatga ega boʻladi. Bu tenglamadan koʻrinadiki, oʻzaro 
muvozanatda turgan ikki faza bir-birida erib ketishi uchun adgeziyada 
bajariladigan ishning qiymati ayni fazalar koageziya entalpiyalari yigʻindisining 
yarmiga teng yoki undan katta boʻlishi kerak. 
Adgeziya hodisasi fazalararo sirt taranglikning oʻz–oʻzicha kamayishi 
natijasida kelib chiqadi. Binobarin, adgeziya termodinamik jihatdan oʻz-oʻzicha 
sodir boʻla oladigan jarayonlar jumlasiga kiradi. Adgezion oʻzaro ta‘sirning 
kattaligi Van-der-Vaals kuchlari qiymatlaridan tortib, to sof kimyoviy bogʻlanish 
energiyalariga qadar boʻlishi mumkin. Misol tariqasida poliakrilamid 
) ning kо‗mirga adsorbsiyalanish ta‘sirini qarab chiqamiz. 
Poliakrilamid (PAA) tarkibida qutbli atom guruhlar mavjud bо‗lib, ular kо‗mirning 
havoda oksidlanishidan hosil bо‗ladigan faol markazlarga adsorbsiyalanadi (faol 
markazlar tarkibida fenol, karboksil, oksid va peroksid guruhlar borligi 
aniqlangan). Bu jarayonda suvning roli ham katta. Suv molekulalari ham kо‗mirga 
adsorbsiyalanishga intiladi. Ular bu jihatdan xuddi poliakrilamid molekulalari 
bilan raqobatlashadi. Shu sababli poliakrilamid kо‗mirga darhol emas, ma‘lum 
vaqt о‗tgandan keyin adsorbsiyalanadi. Birmuncha vaqt о‗tgach, poliakrilamidning 
polimer zanjirlari uzilib, uning kо‗mirga adsorbsiyalanishi juda tezlashib ketadi. 
Adsorbsiyaning borishiga ayni sistemada bо‗lgan gaz va suyuqliklarning 
tabiati (ularning liofil yoki liofob moddalar ekanligi), shuningdek, qattiq 
moddaning maydalanish darajasi va boshqa omillar ham ta‘sir etadi. Briketlarning 
sifatini oshirish maqsadida sirt-faol moddalar qо‗llash ancha unumli natijalar 
beradi. Keyingi vaqtlarda oliy navli kо‗mirlarni briketlash uchun neft asosida 


84 
tayyorlangan adgezivlar bilan bir qatorda sintetik polimerlar asosida tayyorlangan 
yopishtiruvchi materiallardan ham foydalanilmoqda. 
Hо‗llanish sirt energiyaning kamayishi bilan sodir bо‗ladigan о‗z-о‗zicha 
boruvchi jarayondir. Biror adsorbent suyuqlikka tushirilganida 
hoʻllanish issiqligi
ajralib chiqadi. Uning qiymati:
bilan ifodalanadi. Bu yerda, 
adsorbentning solishtirma sirti; 
– 
adsorbentning adsorbent-havo chegarasidagi toʻliq sirt energiyasi; 
– 
adsorbentning adsorbent-suyuqlik chegarasidagi toʻliq sirt energiyasi. 
Differensial va integral hо‗llanish issiqliklari mavjud bо‗lib, bu issiqliklarning 
qiymatlari qattiq jismni hо‗llaydigan suyuqlik miqdorlariga bog‗liqdir. Differensial 
hо‗llanish issiqligini quyidagicha ta‘riflash mumkin, ya‘ni: ma‘lum (x) miqdor 
zarrachalarni adsorbsiyalab olgan suyuqlik sirtiga cheksiz kam miqdor suyuqlik 
qо‗shilganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori 
differensial
hо‗llanish 
issiqligi 
deb ataladi.
 
Uning kattaligi 
J∙mol
-1
m

lar bilan ifodalanadi. Qattiq jism 
sirtiga quyilgan tomchi ustiga yana tomchilar quyila borganida sistemaning 
differensial hо‗llanish issiqligi kamaya boradi. Binobarin, differensial hо‗llanish 
issiqligining maksimal qiymati qattiq jism sirtidagi suyuqlik miqdori nolga teng 
bо‗lgan holatdagi hо‗llanishga, ya‘ni fazalarning ajralish chegarasiga muvofiq 
keladi. Bu qiymat ekstrapolyatsiya usulida aniqlanadi. Differensial hо‗llanish 
issiqligi doimo musbat qiymatga ega, chunki hо‗llanish paytida har doim issiqlik 
ajralib 
chiqadi. 
Sirt 
suyuqlikning 
yakka-yakka 
molekulalari 
qavati 
(monomolekulali qavat) bilan tо‗lganida 
bо‗ladi. 
Termodinamik nuqtai-nazaridan fikr yuritish natijasida differensial hо‗llanish 
issiqligi sof adsorbsiya jarayoni issiqligiga teng ekanligi aniqlangan. 
Integral hо‗llanish issiqligi 
deganda sirt birligiga ma‘lum
miqdor suyuqlik 
berilganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini tushunish kerak. Ayni sirt bilan 
qancha kо‗p miqdor suyuqlik о‗zaro ta‘sirlashsa, shuncha kо‗p integral issiqlik 
ajralib chiqadi. Integral hо‗llanish issiqligi bilan differensial hо‗llanish issiqligi 
orasida quyidagi bog‗lanish mavjud: 


85 

Agar berilgan suyuqlik miqdori sirt bilan о‗zaro ta‘sirlashadigan miqdordan 
ortiq bо‗lsa, bu holda kuzatiladigan integral issiqlik tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri 
hо‗llanish 
issiqligi
deb yuritiladi. Sirtda monomolekulali qavat hosil bо‗lganida tо‗liq 
hо‗llanish issiqligiga teng bо‗ladi. Umumiy sirti katta bо‗lgan sistemalar (kukun va 
g‗ovak jismlarning) hо‗llanish issiqligi J/m
2
yoki J/g bilan ifodalanadi. Kо‗pincha 
uning qiymatlari 5-1000 J/g atrofida bо‗ladi. Hо‗llanish vaqtida issiqlik chiqarishi 
sababli suyuqlik hajmi kattalashishiga asoslanib tajribada hо‗llanish issiqligini 
aniqlash mumkin. Shuningdek, harorat ortishini maxsus termometr yoki termopara 
yordamida о‗lchaydigan maxsus kalorimetrlar yordami bilan ham hо‗llanish 
issiqligini aniqlash mumkin. 12-jadvalda floridinning turli erituvchilarda hо‗llanish 
issiqliklari keltirilgan. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin