Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

52-rasm. Xarakteristik diagramma. 
Bunday izotermalarning shaklini faqat kapillyar kondensatlanish sodir 
boʻlishi bilan talqin qilib boʻlavermaydi. Chunki adsorbsion kuchlar bitta molekula 


106 
oʻlchamidan katta masofalarda ham oʻz ta‘sirini koʻrsata olsa, bunda 
polimolekulyar adsorbsion qavatlar hosil boʻlishi mumkin. Buni Polyanining 
polimolekulyar adsorbsion nazariyasi asosida tushuntirish mumkin. 
Polyanining polimolekulyar adsorbsiya nazariyasi
quyidagilarga asoslanadi: 

Adsorbsion kuchlarning tabiati kimyoviy emas, sof fizikaviy kuchlardan 
iborat. Gazning adsorbsiyalanishi yuzaning faqat aktiv markazlarida emas, 
balki barcha adsorbent yuzasida roʻy beradi. 

Adsorbent sirtida aktiv markazlar yoʻq, adsorbsion kuchlar adsorbent sirti 
yaqinida ta‘sir etadi, bunda oʻz ta‘sirini koʻrsata oladigan potensial maydon 
yuzaga chiqadi, ammo sirtdan juda uzoq masofalarda bu potensialning ta‘siri 
nolga teng boʻladi. 

qattiq jism yuzasida adsorbsion kuchlar gazning bitta molekulasi 
oʻlchamligiga qaraganda kattaroq boʻlgan masofada ta‘sir etadi va adsorbsion 
potensial maydonini hosil qiladi. 

adsorbent 
sirtiga 
yutilgan 
modda 
monomolekulyar 
qavat 
emas, 
polimolekulyar adsorbsion qavat hosil qiladi. Shu sababli, adsorbent ustida 
adsorbsion
 
hajm mavjud boʻladi. 

gaz molekulalarining adsorbent sirtiga tortilishi adsorbsion fazada boshqa 
molekulalarning bor-yoʻqligiga bogʻliq emas. 

adsorbsion kuchlar temperaturaga bogʻliq emas, ya‘ni temperatura 
oʻzgarganda adsorbsion hajm oʻzgarmaydi.
Polimolekulyar adsorbsiyaning izotermasi 53-rasmda keltirilgan. Egrini A 
nuqtasigacha boʻlgan
 
chiziq monomolekulyar adsorbsiyani (
Lengmyur sohasi

izohlaydi, A nuqtadan boshlab polimolekulyar adsorbsiya nazariyasi boʻyicha 
tushuntiriladi. 


107 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin