21
maydi. Ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlariga, korxona
tuzilishi va uning boʻlinmalarining koʻlamiga qarab, mehnatni
muhofaza qilish holati ustidan uch
bosqichli nazorat amalga
oshiriladi:
birinchi pogʻonada - sexning uchastkasida, smenada yoki
brigadada;
ikkinchi pogʻonada - sexda, ishlab chiqarish maydonchasida
yoki korxona joylashgan joyda;
uchinchi pogʻonada - umuman korxonada.
Uch pogʻonali nazorat korxona ma’muriyati va kasaba
uyushma qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Uch pogʻonali nazoratni korxona rahbari va kasaba
uyushma qoʻmitasi raisi tashkil etadi.
Uch pogʻonali nazoratning birinchi bosqichi.
Nazoratning birinchi bosqichi uchastka boshligʻi (usta,
uchastka boshligʻi, smena boshligʻi) va mehnatni muhofaza qilish
boʻyicha vakil tomonidan har kuni ish smenasining boshida, kerak
boʻlganda esa ish kuni (smenada) davomida amalga oshiriladi.
Uch pogʻonali nazoratning
birinchi bosqichida quyidagilar
tekshiriladi:
• oldingi tekshiruvda aniqlangan qoida buzarliklarni bartaraf
etish choralarini amalga oshirilaganligi;
• ish joylarini tashkil etishning holati va toʻgʻriligi;
• texnologik asbob-uskunalar, yuk koʻtarish va tashish vosi-
talarining xavfsizligi;
• elektr xavfsizligini ta’vinlanganligi;
• ishlov beriladigan buyumlar va tayyor mahsulotlarni saq-
lash
qoidalariga rioya qilish;
• ventilyatsiyaning yaroqliligi;
22
• ishchilarni mehnatni muhofaza qilish koʻrsatmalariga rio-
ya qilishlari.
Uch pogʻonali nazoratning
ikkinchi bosqichi.
Nazoratning ikkinchi bosqichi sex boshligʻi va mehnatni
muhofaza qilish boʻyicha katta vakolatli
shaxs boshchiligidagi
komissiya tomonidan oyiga kamida ikki marta amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga sex rahbarlari (vakillari), korxonaning
mehnatni muhofaza qilish boʻlimi muhandisi va ustaxonaga bi-
riktirilgan tibbiyot xodimi kiradi.
Tekshirish jadvali sex boshligʻi tomonidan belgilanadi va
barcha uchastka boshliqlariga beriladi.
Nazoratning ikkinchi bosqichida quyidagilar tekshiriladi:
• nazoratning birinchi bosqichi ishini
tashkil etish va nati-
jalari;
• nazoratning ikkinchi va uchinchi bosqichlari natijasida
belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• korxona rahbari va sex boshligʻining buyruq va farmo-
yishlarini, kasaba uyushmasi qoʻmitasi
qarorlarini, mehnatni
muhofaza qilish boʻyicha komissarlarning takliflarini bajarish;
• nazorat organlarining buyruq va koʻrsatmalariga muvofiq
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• baxtsiz hodisalarni tekshirish
materiallari asosida chora-
tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.
Tekshirish natijalari sex boshligʻi tomonidan yuritiladigan
nazoratning ikkinchi bosqichi jurnalida qayd etiladi.
Ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish meh-
natni muhofaza qilish boʻyicha mas'ul muhandis va sexning
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha katta vakolatli vakili tomoni-
dan amalga oshiriladi.
Sex boshligʻi oyda bir marta
korxona rahbariga va kasaba
uyushma qoʻmitasiga sexdagi mehnatni muhofaza qilish holati
toʻgʻrisida hisobot beradi.