57
ishni davom ettirish uchun ishlatiladi. Bular shunday hollarki,
ish yoritkichi oʻchsa, portlash, yongʻin, jarohatlar sodir boʻlishi
va texnologik jarayon uzoq muddatga ishdan chiqishi mumkun.
Bunday hollardagi (ya’ni avariya rejimidagi) yoritilganlik ish
yorugʻligining me’yoridan 5%, shu bilan birga sexlarda va
xonalarda 2 lk dan va tashqarida 1 lk dan kam boʻlmasligi kerak.
Ishchilarni evakuatsiya qilishga moʻljallangan yoritilganlik
xonalarda kamida 0,5 lk, tashqarida 0,2 lk dan kam boʻlmasligi
(ayniqsa zinalarda va yoʻlaklarda) shart. Buning uchun choʻgʻ-
lanma lampalari va lyumenssent lampalar ishlatilishi mumkun.
Avariya hodisalari uchun ishlatiladigan yorugʻlik sistemasi alo-
hida manbadan ta’minlanishi kerak.
Maxsus yorugʻlik turiga nurlantirish maqsadida ishlatiladi-
gan yorugʻlik kiradi. Bu yorugʻlik eritem nurlanishi, ya’ni ish-
chilarni maxsus xona - fotariylarda yoki labirint koridorlardan
oʻtkazib ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish. Bu ayniqsa
hozirgi paytda keng qoʻllanilayotgan, faqat sun’iy yorugʻlik
bilan yoritiladigan sex ishchilari uchun zarurdir. Ma’lumki,
butun ish kuni davomida ular quyosh nurini koʻrmaydilar va
organizmlarida ultrabinafsha nurlarga muhtojlik ortadi. Yana bir
nurlanish turi boʻlgan bakteritsid nurlanishi esa, suv va havoni
sterillash maqsadida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: