78
Boshqa tarmoqlar singari AT korxonalari ishchilarini ham
maxsus korjoma, poyafzal va shaxsiy
himoya vositalari bilan
ta’minlash koʻzda tutilgan.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab kollektiv
himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga boʻlinadi.
Agar ishning xavfsizligini mashinalarning konstruksiyasi,
ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura –
rejalash-
tirish yechimlari va kollektiv himoya vositalarini qoʻllash bilan
ta’minlash iloji boʻlmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalari
qoʻllaniladi.
Himoya vositalari texnik estetika,
ergonomika talablariga
javob berishi, himoya samaradorligi yuqori boʻlishi, ishlatilishda
qulay boʻlishi kerak. Ular texnologik jarayonda bajarilayotgan
ish turiga mos boʻlishi kerak. Shu ish uchun moʻljallangan va
qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari boʻlmagan
shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash ta’qiqlanadi. Ular vazifasi,
ishlash muddati koʻrsatilgan yoʻriqnoma hamda saqlash va
ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
Shaxsiy himoya vositalari (ShHV)
vazifalariga qarab
quyidagilarga boʻlinadi:
- ixotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ixo-
talovchi kostyumlar, skafandrlar);
- nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar,
respiratorlar, havo shlemlari, havo maskalari);
- korjomalar (kombinzonlar, yarim kombinzonlar, kurtka-
lar, shimlar, kostyumlar, halatlar, plashlar, poʻstinlar, fartuklar,
nimchalar);
- maxsus poyafzallar (etiklar, qoʻnji
kalta etiklar,
botinkalar, qoʻnjli botinkalar, tuflilar, kaloshlar, botilar);
- qoʻllarni himoya qilish vositalari (qoʻlqoplar);
- boshni himoya qilish vositalari (kaskalar, shlemlar,
shapkalar, beretkalar, shlyapalar);
- yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);
79
- koʻzni himoya qilish vositalari (himoya koʻzoynaklari);
- eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari (naushniklar,
quloq tiqinlari, antifon, berushi va h. k);
- ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilam-
chalar, qoʻl changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va yel-
kani ehtiyot qilish moslamalari);
- himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan
pasta-
lar, kremlar, moylar).
Shaxsiy himoya vositlari bilan ta’minlash ularni oʻz vaqtida
almashtirish, ta’mirlash va ularni oʻz vazifalari boʻyicha ishlatish
yuzasidan korxona ma’muriyatiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
1. Ishchi va xizmatchilarga ShHVlarni berish boʻyicha
nazorat va hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida
toʻgʻri foydalanishni,
buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni
qoʻllashni ta’qiqlashni qat’iy nazorat qilish.
2. ShHVlarni belgilangan muddatlarda muntazam ravishda
sinovdan oʻtkazishi, ularning sozligini tekshirib turish hamda
ularning himoya
xossalari pasaygan filtrlari, oynalari va boshqa
qismlarini oʻz vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga
kelgusi sinov muddati haqida tamgʻa qoʻyish.
3. Tozalash, yuvish, ta’mirlash, degazatsiyalash, dezaktivat-
siyalash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini oʻz
vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya
vositalari bilan oʻz vaqtida ta’minlash korxona ma’muriyatiga,
nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: