80
U
shunday bichiladiki, unda odam oʻzini qulay his qilishi va
ish sharoitida xavfsiz boʻlishi kerak; u kishini erkin harakatiga
toʻsqinlik qilmasligi va aylanib turuvchi qismlarga oʻralab
ketishi mumkin boʻlgan osilib yoki
chiqib turuvchi qismlari
boʻlmasligi kerak. Maxsus korjomalar pishiq, yengil tozalana-
digan va badanni qichitmaydigan matolardan tikiladi.
AT korxonalarida ish sharoitlariga
mos holda tanlangan
maxsus korjomalar beriladi.
Changli sharoitda ishlovchi ishchilarga paxta ipidan toʻqil-
gan satin xalatlar, oʻta changli xonalarda ishlovchilar chang oʻt-
kazmaydigan matodan toʻqilgan kombinzonlar bilan ta’minlana-
di. Harakatlanib turuvchi mexanizmlar yaqinida turib ishlovchi-
larga (operatorlar, moylovchilar, ta’mirchi chilangarlar va sh. oʻ.
) paxta ipidan toʻqilgan belbogʻsiz ichki choʻntakli kombinzonlar
beriladi. Qoʻllarni jarohatlashdan
saqlash maqsadida ishchilar
qoʻlqop bilan ta’minlanadi. Sochni harakatdagi mexanizlar oʻrab
ketmasligi uchun ayollar uchburchak roʻmol oʻrashlari, erkaklar
beretka kiyishlari kerak.
Pardozlash fabrikalarining kislota bilan ishlaydigan
ishchilari dagʻal jundan yoki paxta ipidan toʻqilgan kislota
ta’siriga qarshi modda shimdirilgan matolardan toʻqilgan shim
va kurtkalar bilan ta’minlanadilar. Shu maqsadda dagʻal
jun va
xlorin tolasi aralashmasidan toʻqilgan kislota ta’siriga chidamli
movutdan maxsus korjomalar tikiladi.
Hozirgi paytda kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli
sintetik tolalar (lavsan, kapron) va jun tolalari bilan aralashtirilib
yoki faqat sintetik tolalardan toʻqilgan matolar keng qoʻllaniladi.
Kislota bilan bevosita ishlovchilarga
rezina shimdirilgan
koʻkrak fartuklari, qoʻllariga kiyish uchun dagʻal jun qoʻlqop
beriladi. Ishqor bilan ishlovchilarga paxta ipidan yoki brezentdan
tikilgan kostyum va koʻkrak fartuklari beriladi. Shuni aytish
kerakki, ishqorlar jundan toʻqilgan matolarni yengil parchalaydi,
shuning uchun ularni ishqor bilan ishlashda qoʻllab boʻlmaydi.
81
Oʻta nam xonalarda ishlovchi
ishchilarga paxta tolasidan
toʻqilgan va namiqmaydigan (suvni oʻziga tortmaydigan)
kostyum va koʻkrak fartuklari beriladi, qoʻlga kiyish uchun
rezina qoʻlqoplar beriladi.
Maxsus poyafzal ishchining
oyoqlarini har xil zararli
modda va xavflardan saqlashga moʻljallangan. Ishlab chiqarish-
dagi zararliklarning harakteriga moslab shaxsiy himoya vositalar
tikiladi va materiali tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: