82
kam boʻlmagan hollarda ishlatilib, ular uch turli boʻladi: aerozol-
lardan himoyalovchi, gazlardan himoyalovchi va universal. AT
sanoati korxonalarida asosan changlardan himoyalovchi turi
ishlatiladi.
a b
6. 8-rasm. Resperatorlar turlari.
a-bir marta ishlatiladigan. b-koʻp marta ishlatiladigan.
Ishlash muddati boʻyicha resperatorlar bir marta ishlatishga
yaraydigan (“lepestok”, “Kama”, U-2K, 5. 5a-rasm) va koʻp
marta ishlatiladigan (6. 8 b-rasm) turlariga boʻlinadi.
Filtrning ishga yaroqsiz boʻlib, toʻlib qolganligining belgisi
nafas olishning qiyinlashganidan bilinadi. Bu yengil va oʻrta
ogʻirlikdagi ishlarda nafas olishga qarshilik 100 Pa dan, ogʻir
ishlarda esa 70 Pa dan boshlab seziladi. Bunday holat yuzaga
kelganda filtrlar almashtiriladi yoki changdan tozalanadi (rege-
neratsiya qilinadi). Buning uchun filtrga oʻtirib qolgan changni
silkitib qoqib tashlanadi, bunda yaxshi tozalanmasa, qarama-
qarshi tomondan siqilgan toza havo bilan puflab tozalanadi,
bunda ham yaxshi samara bermasa, uni almashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: