O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 6. Eshitish a’zolarini himoya qilish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

6. 6. Eshitish a’zolarini himoya qilish 
Eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari oʻz vazifasi va 
konstruksiyasi boʻyicha uch turga boʻlinadi: naushniklar – quloq 
suprasini yopib turadi, tiqinlar – tashqi eshitish kanalini yopib 
turadi, shlemlar-kallaning bir qismini yoki quloq suprasini 


83 
berkitib turadi. Bularni qoʻllash ayrim oktava chiziqlarida tovush 
bosimi sathini 35-40 dB miqdorda kamaytiradi. Shunisi diqqatga 
sazovorki, ular ayniqsa kishi organizmi uchun xavfli boʻlgan 
chastotali shovqinlarni pasaytirishda yaxshi samara beradi.
a b 
6. 9-rasm. Shovqindan himoya qiluvchi naushniklar.
a-VSNIIOT-2M naushnigi. b-VSNIIOT-4M naushnigi.
AT sanoatining shovqinli sexlarida eshitish a’zolarini hi-
moya qilishga zarurat seziladi. Ularni tanlash shovqinning jadal-
ligiga va ishlovchining shaxsiy xususiyatlariga bogʻliq. Tovush 
bosimi sathi 120 dB gacha boʻlgan jadal shovqinlar ta’sir 
qilayotgan sharoitda VSNIIOT -2M turiga mansub naushniklarni 
qoʻllash tavsiya etiladi (6. 9a-rasm). Sexlarda kichik gabaritli 
VSNIIOT – 4M turiga mansub naushniklarni qoʻllash ham 
maqsadga muvofiq. VSNIIOT-2M naushnigi ishlatishga qulay 
va spektrning yuqori chastotali qismida samaradorlidir, 
VSNIIOT-4M naushnigi oʻlchamlari kichik va yengil, lekin 
ularning akustik samaradorligi biroz past.
6. 4-jadval 
Naushnik va tiqinlarning akustik samaradorligi 
Shovqinga qarshi 
himoya vositalari 
Oktava chizigʻining oʻrta chastotalardagi 
ishlash samaradorligi, Gts 
125 
250 
500 
100 
2000 
4000 
Naushniklar: 
1. VSNIIOT – 2M 

11 
14 
22 
35 
45 
2. VSNIIOT – 4M 



16 

35 
Tiqinlar: 


84 
1. UTV markali oʻta 
ingichki shisha tola-
sidan yasalgan tampon 


10 
18 
24 
27 
2. FPP-15 markali oʻta 
ingichka toladan yasal-
gan tampon 


15 
22 
25 
31 
3. Qattiq tiqinlar 
10 
10 
12 
13 
24 
29 
AT korxonalarining tovush bosimi satqi 100-105 dB dan 
kam boʻlgan sexlarda UTV markali oʻta ingichka shisha 
tolasidan yasalgan tampon (Berushi) va rezinadan yasalgan qat-
tiq tiqinlar bilan ta’minlanadilar.
Shovqinga qarshi qoʻllanadigan himoya vositalariga bir qa-
tor gigiyenik talablar qoʻyiladi. Tozalab turish imkoniyati boʻl-
gan, qulay ishlatiladigan,oʻzidan zararli va terini qichishtiruvchi 
moddalar chiqarmaydigan, terini ifloslantirmaydigan boʻlishi 
kerak, bulardan tashqari ular butun ish kuni davomida quloqni 
ogʻritmasligi va kishini gʻashini keltirmasligi lozim.
Himoya vositalarini tanlash ish joyida shovqinning chastota 
boʻyicha spektriga, mikroiqlim sharoitlariga va ishchining 
shaxsiy xususiyatlariga bogʻliq. Ular shovqinni SanPiN №0065-
96. da koʻrsatilgan, yoʻl qoʻysa boʻladigan qiymatlarigacha pa-
saytira olsagina toʻgʻri tanlangan hisoblanadi.
Tiqinlar turiga tolali, gʻovak va yumshoq plastik material-
lardan yasalgan zaglushkalar, vtulkalar, tamponlar va probkalar 
mansubdir. Ular yumshoq va elastikligi tufayli eshitish kanaliga 
kirib u yerni zichlab berkitadi. Ular koʻzoynak taqishga, bosh 
kiyim kiyishga xalaqit bermasligi bilan qulaydir, yengil va 
ixcham, gigiyena nuqtai nazardan toza va ishlatishga qulay. 
Lekin ularni odatda, ish joylarida umumiy shovqin satxi 100 dB 
dan katta boʻlmagan hollarda ishlatiladi. Bir marta ishlatishga 
yaraydigan (UTV va FPP tolali materiallardan yasalgan 
“Berushi”) tiqinlar bilan odatda, bir varakayiga koʻp ishchilar 
butun ish smenasi davomida taminlanadi.


85 
UTV tolasidan qilingan tiqinlar quyidagicha tayyorlanadi: 
oʻlchamlari 4x4 sm li tola qatlamini diogonali boʻyicha bir necha 
marta ketma-ket buklab konus xoliga keltiriladi va quloqning 
tashqi kanaliga tiqib qoʻyiladi. Quloqning tashqi kanali terisi 
yalligʻlangan paytda bu tiqinni qoʻllash mumkin emas. Bunday 
hollarda naushniklar qoʻllagan maqul.
FPP tolali materiallardan bir marta ishlatiladigan “Berushi” 
tiqini oxirgi paytlarda keng qoʻllanilmoqda. Bu tiqinning 
oʻlchamlari 40x40x1,4 mm, massasi 140-220 mg boʻlib, terini 
qichitmaydigan va antiseptik xossalari bilan ajralib turadi (6. 10-
rasm).
6. 10-rasm. “Berushi” tiqini
Koʻp marta ishlatiladigan tiqinlar “antifonlar” eshitish 
azolarini yuqori chastotali ishlab chiqarish shovqinlaridan 
himoya qiladi. Ular yumshoq rezina kapsula shaklida boʻlib, 
ichki oʻrta qismiga kichkina plastmassa oʻzak kirgizib qoʻyilgan 
boʻladi. Kamida bir xaftada ularni sovunli iliq suv bilan yuvib 
turish tavsiya etiladi (6. 11-rasm).
6. 11-rasm Antifon tiqini.


86 
Hozirgi paytda ilgʻor AT korxonalarida monoton va bir xil 
ritmli ishlarda (toʻquvchi, yigiruvchi, kalavalovchi va. b. ) 
ishlovchilarni shovqin tasiridan saqlash uchun radiolashtirilgan 
naushniiklar qoʻllanilmoqda. Bu ishlarda funksional musiqa das-
turlarini qoʻllash asab, psixik kuchlanish holatini kamaytiradi, 
charchoqni oladi, ishlovchining kayfiyatini yaxshilaydi va ish 
unumdorligini oshiradi.
Radiolashtirilgan “Melodiya” uskunalarida VSNIIOT-2M 
turidagi naushniklar oʻrnatilgan boʻlib, uning himoya xususi-
yatini saqlagan holda past chastotalarda beriladigan musiqali 
radio eshittirishlarni ham olib boriladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish sexlarida 90dB gacha va 90-
120dB gacha qoʻllaniladigan radiolashtirilgan VSNIIOT- 4 FM 
va VSNIIOT-2M naushniklaridan keng foydalanilmoqda. Ishlab 
chiqarish operatsiyasi doimo yurib bajariladigan ishlarda maxsus 
ixcham priyomnikli “Orfsy-1” radio-naushniklaridan foydalanish 
tavsiya etiladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin