87
VII. BOSIM OSTIDA ISHLAYDIGAN USKUNALARNING
XAVFSIZLIK SHARTLARI
AT korxonalarida
bosim ostida ishlaydigan, apparat, idish
va quvurlar koʻp ishlatiladi. Bular koʻpincha portlash xavfini
tugʻdirishi mumkin. Bunday portlashlarga zanglash natijasida
uskuna devorlarining yemirilishi
va mexanik pishiqligining
yoʻqolishi, ayrim qismlarining qizib ketishi, biror qattiq jismning
urilishi sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari portlovchi va
yonuvchi moddalarga uchqun ta’sir qilishi natijasida ham
portlash sodir boʻlishi mumkin. Bunda yonish tezligi sekundiga
yuzlab metrni tashkil qiladi.
Bosim ostida ishlaydigan idishlar qayta ta’mirlanib kavshar-
langan boʻlsa, bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilganda yoki
uning xavfsiz ishlashiga javobgar
shaxsning talabi bilan
muddatidan ilgari texnik koʻrik oʻtkaziladi.
Gidravlik sinov esa har sakkiz yilda bir marta oʻtkaziladi.
Ish harorati 200
0
S gacha boʻlgan idishlarning gidravlik sinovi,
ularga suv yoki zaharsiz va portlamaydigan boshqa suyuqlik
bilan qoʻshimcha bosim berish orqali oʻtkaziladi. Qoʻshimcha
bosim idishning ish bosimiga bogʻliq boʻlib, quyma idishlardan
tashqari barcha idishlar uchun ish bosimidan 25-50
foiz katta
boʻladi. Shunday bosim ostida (devorlarining qalinligi 50 mm
gacha boʻlgan idishlarda) 10 minut ushlab turiladi va biror
sezilarli oʻzgarish boʻlmasa, ya’ni choklardan ajralish, suyuqlik
tomishi,
tashqi devorlarining terlashi, qoldiq deformatsiyalar
koʻrinmasa idishlar gidravlik sinovdan oʻtgan hisoblanadi.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar normal texnologik
rejimda va xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun quyidagi nazorat-
oʻlchov asboblari va ehtiyot uskunalari bilan ta’minlangan
boʻlishi kerak: ulardagi suyuqlik yoki gazning bosimini oʻlchash
uchun va doimo nazorat qilib turish uchun manometr,
haroratni
nazorat qilib turish uchun termometr, bosim oshib ketgan
88
taqdirda portlashni oldini olish uchun saqlagich,
idishda bir
vaqtning oʻzida gaz va suyuqlik boʻlgan taqdirda suyuqlikning
koʻp yoki ozligini koʻrsatuvchi asbob, idish ichidagi moddani
butunlay chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama, agar
idish ichida kondensat toʻplansa, uni
chiqarib tashlash imkonini
beruvchi moslama.
Quvurlarning ishonchliligini ta’minlash uchun ularning
issiqdan uzayishini hisobga olish kerak. Buning uchun ularning
burilgan joylari ravon va silliq qilib yasaladi hamda kondensator
halqalari va shunga oʻxshash elementlar kiritiladi. Issiqlik
deformatsiyalarini
bir tekis taqsimlash maqsadida, ularni ayrim
uchastkalarga boʻlib chiqib, issiqdan uzayishga imkon qoldirib,
oxirgi nuqtalarini tayanchlarga mustaxkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: