92
oʻchirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Xavfli yuk
boʻlgan mashinani toʻxtatganda, tormozi bilan toʻxtatish kerak.
Xavfli yuklarni tashuvchi shaxslarga tegishli sertifikatlar
berilishi kerak. Sertifikatlarni berish bilan bir qatorda, haydov-
chining ma’lumotlari bilan instruktaj oʻtilgan sanasi koʻrsatilgan
karta toʻldiriladi. Ushbu hujjatlar korxonaning kadrlar boʻlimida
saqlanadi.
Yuklarni tashish uchun paketlar, qutilar va konteynerlardan
foydalanish avtotransport vositalaridan
foydalanish samarador-
ligini oshirish, ishlov berishni yanada kompleks mexanizatsiya-
lashni qoʻllash va omborlarda saqlashni
yaxshilash imkonini
beradi. Bundan tashqari, quti va konteynerlardan foydalanish
tovarlarni atmosfera yogʻinlari ta’siridan
himoya qilish daraja-
sini oshiradi va tovarlarni maxsus ishlov berish boʻyicha ishlarni
soddalashtiradi.
Dostları ilə paylaş: