O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 5. Kranlarni ishlatishda mehnat xavfsizligi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

8. 5. Kranlarni ishlatishda mehnat xavfsizligi.
Ularni roʻyxatga olish va texnik ekspertizadan oʻtkazish 
Barcha koʻtaruvchi kranlar va koʻtaruvchi qurilmalarning 
ishlashi Davtogʻtexnazorat tomonidan tasdiqlangan (koʻtaruvchi 
kranlarning xavfsiz ishlashi qoidalari talablariga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Yuk koʻtarish quvvati va kranning boshqa parametrlari va 
oʻlchamlari standartlashtirilgan.
Erdan boshqariladigan kranlarning harakat tezligi 50 m/min 
dan va aravalariniki 32 m/min oshmasligi kerak.
Yuk sifatida ishlatiladigan poʻlat arqonlar, strela arqonlari, 
yuk koʻtaruvchi va tortuvchi, stroplar standartlarga javob berishi 
va sertifikatga ega boʻlishi kerak. Sertifikat boʻlmasa, 
arqonlardan foydalanishga ruxsat berilmayadi.


95 
Barcha yangi yuk koʻtaruvchi kranlar, koʻtarish mosla-
malari (arqonlar, zanjirlar) texnik koʻrikdan oʻtishi kerak.
Ishlayotgan kranlar davriy texnik koʻrikdan kamida 12 oyda 
1 marta va 3 yilda kamida 1 marta toʻliq texnik koʻrikdan 
oʻtkaziladi. Toʻliq texnik koʻrikda kran statik va dinamik 
sinovdan oʻtkaziladi.
Sinovda xavfsizlik va blokirovkalash moslamalari mavjud-
ligiga e’tibor qaratiladi.
Statik sinovda kranning koʻtarish qobiliyatidan 25% ga 
oshgan yuk 200-300 mm balandlikka koʻtariladi va 10 daqiqa 
ushlab turiladi. Shundan soʻng qoldiq deformatsiya boʻlmasa 
sinovdan oʻtkan hisoblanadi.
Dinamik sinovda nominal qiymatdan 10% ga oshgan yuk 
100-200 mm balandlikka koʻtariladi va tushirilayotganda tormoz 
beriladi. Agar mashina va mexanizm oʻsha zahoti toʻxtasa 
sinovdan oʻtgan hisoblanadi.
Texnik ekspertiza natijalari kran pasportida yoki ularni 
roʻyxatga olish va tekshirish jurnalida navbatdagi tekshiruv 
muddatini koʻrsatgan holda qayd etiladi.
Ishlash jarayonida yuk koʻtaruvchi moslamalar va 
konteynerlar ma’lum bir vaqtda davriy tekshiruvdan oʻtkaziladi, 
lekin koʻpi bilan: 
- traverslar - 6 oyda; 
- qisqich va boshqa tutqichlar - 1 oyda; 
- stroplar -10 kunda koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tekshiruv natijalari ularni hisobga olish va tekshirish 
jurnalida qayd etiladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin