O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Kuchlanish. Agar shartli ravishda xavfli deb odam 
mustaqil ravishda tokdan oʻzini ajratib ololmaydigan kattalik 
qabul qilinsa, bunda 42 Vdan 200 Vgacha miqdordagi 
kuchlanishlar xavflidir. Ayniqsa 42 Vdan 100 Vgacha boʻlgan 
diapazondagi kuchlanishlar diqqatga sazovor. 200 dan – 1000 V 
oraligʻidagi kuchlanishlar ham xavfli, lekin bu orada xavfning 
oʻsishi kuzatilmaydi. 1000 Vdan yuqorida esa bu kuchlanishning 
kishi tanasiga salbiy ta’siri yana ortib ketadi (9. 1-rasm). Agarda 
kishi bir necha kilovatli simni ushlab olsa, u oʻzini simdan 
mustaqil ravishda ajratib ololmaydi, lekin koʻpgina holatlarda 
xavfli qismlarga tegishdan odam bilan uskuna orasida elektr yoyi 
paydo boʻlib, odamni uskunadan “otib” yuboradi. Bu holat 
kishini biror yerini kuydirsa ham oʻlimdan asrab qolishi 
mumkin.
9. 1-rasm. Shikastlanish havfining kuchlanishiga bogʻliqligini 
koʻrsatuvchi grafik.
Shunday qilib, xavfsiz kuchlanish kattaligi sifatida quruq 
ish joylarida 42 V, namroq ish joylarida 12 V qabul qilingan. 
Albatta, bu tok kuchining miqdoriga ham bog‘liq. Shuning 
uchun aloxida xavfli ishlarda 42 va 12 V qabul qilingan.


99 
Ochiq ish joylarida tok oʻtayotgan biror sim uzilib, yerga 
tushgan holda yoki biror elektr uskunasining yerga ulangan joyi-
dan yerga tok oʻtishi natijasida oʻsha yerda kuchlanish paydo 
boʻladi. Bu zonaga kirgan odam ikki oyogʻi tegib turgan tuproq-
dagi ikki nuqta orasida (0,8 m) potensiallar ayirmasini sezadi. Bu 
qadam kuchlanishi deyiladi. Qadam kuchlanishi oʻtkazgichgacha 
boʻlgan masofaga va qadamning katta-kichikligiga bogʻliq.
9. 2-rasm. Yerga uzialib tushgan tokli simdan tuproqqa
tokning tarqalish grafigi.
9. 2-rasmdan koʻrinib turibdiki, yerda potensiallar ayirmasi-
ning tarqalishi giperbola qonuniga boʻysunar ekan.
Tokning tarqalish radiusi 15-20 m ni tashkil qiladi. Bu 
zonadan tashqarida potensiallar ayirmasi deyarli sezilmaydi.
Simning yerga tegib turgan nuqtasidan uzoqlashgan sari 
qadam kuchlanishi keskin kamayib boradi. l
1
masofada turgan 
kishining oyoqlari orasidagi potensiallar ayirmasi U
1
boʻlsa, 
undan yaqinroq l
2
masofadagi kishining oyoqlari orasidagi 
potensiallar ayirmasi U
2
. Koʻrinib turibdiki U
1
<<U
2
. Endi shu 
masofada turgan, lekin katta qadam tashlagan kishini koʻraylik – 
U
3
. Bunda U
3
>>U
2
ligi darxol seziladi.
Bulardan 
shunday 
hulosa 
qilish 
mumkin: 
qadam 
kuchlanishi ta’siriga tushib qolgan kishi avvalo tahlikaga 


100 
tushmasligi, shoshmasligi va qoʻrqmasligi kerak. Oʻzini qoʻlga 
olib, toʻxtab, atrofni diqqat bilan nazorat qilishi, tokning yerga 
oʻtishi mumkin boʻlgan joyni topishi va shu nuqtadan qarama-
qarshi tarafga mayda qadamlar bilan yurib, shu zonadan chiqib 
ketishi kerak. Qadam qancha katta boʻlsa, oyoqlar orasidagi 
potensiallar ayirmasi shuncha katta boʻlishini esda tutmogʻi 
kerak.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin