O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
Himoyalovchi nol simiga ulash 
Mashina va dastgohlarning tok yurmaydigan metall qismla-
rini ataylab oʻtkazgich yordamida nol simiga ulab qoʻyiladi.


104 
Himoyalovchi nol simiga ulashni qoʻllashdan maqsad ham 
yerga ulashni qoʻllash kabi ixotasining buzilishi natijasida 
qobiqqa tok oʻtib ketgan choqda shikastlanish xavfini kamay-
tirishdir. Ixotaning buzilishi natijasida elektrodvigatel 1 ning (9. 
5-rasm) qobigʻiga tok oʻtib ketadi. Bunda buzilgan faza bilan nol 
orasida qisqa tutashuv hosil boʻladi, saqlagich 2 kuyada va 
buzilgan faza avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi.
9. 5-rasm. Himoyalanuvchi nol simiga ulash sxemasi.
1-himoyalovchi elektrodvegatel qobigʻi, 2-yengil eruvchan 
saqlagich.
Nol simining yerga ulanishi juda ishonchli boʻlishi kerak. 
Unga zanjirni ajratuvchi uskuna va apparatlarni ulash mumkin 
emas. Ularning uzilib ketmasligi uchun transformator oldida, 
tarmoqlanish yerlarida va albatta zanjirning oxirgi punktlarida 
ulab qoʻyiladi.
Kishining tokdan shikastlanish xavfi tugʻilganda zudlik 
bilan avtomatik ravishda elektr uskunasini tokdan uzib 
qoʻyuvchi qurilmalar ishlatiladi. Bu qurilma himoyalovchi yerga 
ulash va nol simiga ulashlar xavfsizlikni ta’minlay olmagan 
hollarda ishlatiladi.


105 
9. 6-rasmda shunday sxemalarning biri keltirilgan. Bunday 
qurilmalarda aksariyat hollarda koʻchma uskunalarda qoʻlla-
niladi.
9. 6-rasm. Xavf-xatar tugʻilganda avtomatik ravishda 
elektrodvigatelni tokdan uzib qoʻyuvchi qurilma sxemasi.
Ixotaning 
buzilishi 
yoki 
boshqa 
sabablar 
tufayli 
elektrodvigatel 1 qobigʻiga tok oʻtganda, yerga ulovchi 2 orqali 
yerga oʻtib ketayotgan tok, tok relesi TRni ishlatadi. U esa oʻz 
navbatida uzib qoʻyuvchi gʻaltak UGʻ ni ishlatadi, uning 
oʻramlarida tok paydo boʻlgach, avtomatik ravishda elektro-
dvigatelni zanjirdan uzib qoʻyadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin