107
Kishiga uzoq vaqt elektrostatik zaryadlarning ta’sir qilishi
ogʻir kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Bulardan tashqari elektrostatik zaryadlar AT sanoatida
texnologik jarayonning barcha oʻtimlarida qoʻshimcha qiyinchilik-
lar tugʻdiradi. Tarash mashinasidan chiqayotgan taram, muallif-
ning tadqiqotlariga binoan, 1500-1800 V gacha musbat zaryad-
lanar ekan. Bunda zaryadlar taramning eni boʻyicha bir xil
taqsimlanmagan, ayni paytda taram oʻrtasida potensiallar ayirmasi
1800 V boʻlsa, uning chetlarida 1000-1100 V boʻlishi aniqlangan.
Sexda nisbiy namlikning kamayishi, tarash chetlarining hur-
payishiga, paxmoqlanishiga, oʻrtasining koʻtarilishi va hatto uzi-
nasi boʻylab yirtilishiga olib keladi. Bu koʻngilsiz hodisalar bir xil
zaryadlangan tolalarning bir-biriga itarilishi natijasida roʻy beradi.
Statik elektr xavfini yoʻqotishning asosiy usullariga quyida-
gilarni koʻrsatish mumkin:
- texnologik uskunalarni, jihozlar, kommunikatsiyalar,
apparat va idishlarni yerga ulash;
- havo namligini oshirish yoki materiallarga antistatik
moddalar bilan ishlov berish (bu usul AT sanoatida keng
qoʻllaniladi);
- havo yoki muhitni, ba’zi hollarda apparatlar, idishlar va
shunga oʻxshashlarning ionlanishini kamaytirish.
Dostları ilə paylaş: