132
12. 4. ATK va ARZ binolarining portlash va yongʻin
xavfi darajasi boʻyicha tasnifi
Qurilish va loyihalash uchun yongʻin xavfsizligi standartlari
va yongʻin xavfsizligi texnik shartlariga muvofiq, barcha ishlab
chiqarish obyektlari xavflilik darajasiga koʻra beshta toifaga
boʻlinadi.
Ishlab
chiqaradi
toifasi
Ishlab chiqarish
xususiyatlari
Xonalar nomi
Izoh
A-portlovchi
yonuvchan gazlar
portlashining
pastki chegarasi
havo hajmiga
nisbatan 10% va
undan
kamroq;
suyuqlik
bugʻlarining
chaqnash
harorati
28°C
gacha boʻlgan
gaz va
suyuqliklar
Lak-boʻyoq
materillari ombori
asetilen,
gaz
generator
xonasi,
akkumulyatorlarni
zaryadlovchi xona
Yoqilgʻi ombori
chaqnash harorati
28°C
gacha boʻlgan
yonuvchan
suyuqliklarni 200
kg gacha
saqlashga ruxsat
beriladi
akkumulyatorlar
shamollatiladigan
maxsus
shkaflarda
saqlanadi
Yoqilgʻi
omborida
chaqnash harorati
28°C
gacha boʻlgan
suyuqliklar
saqlanadi
B-portlovchi
yonuvchi
suyuqlik
buglarining
chaqnash harorati
28 dan 61°C
gacha boʻlgan
gaz va
Lak-boʻyoq
materillari ombori
Yoqilgʻi ombori
chaqnash harorati
28 dan 61°C
gacha boʻlgan
yonuvchan
suyuqliklarni 400
kg gacha
134
12. 5. Yongʻinni nazorat qilish va oʻchirish
Suv. Oʻtni oʻchirishda eng keng tarqalgan modda suvdir.
Suv oʻzining quyidagi xususiyatlari tufayli oʻtni oʻchirishda eng
afzal modda hisoblanadi. Suvning issiqlik sigʻimi katta,
yonayotgan yuzaga tushgan suv uning issiqligini yutib oladi.
Ma’lumki, 1 litr suv taxminan 539 kal issiqlikni yutadi. Yuqori
haroratli yuzalarga tushgan suv tezda bugʻlanadi. Bugʻlanish
natijasida uning hajmi 1700
marta ortadi va vaqtincha
yonayotgan yuzani qamrab olib havodagi kislorod miqdorini
kamaytiradi. Suvning yuzalarni hoʻllash xususiyati yongʻinni
tarqalmasligida katta rol oʻynaydi. Uning sirt tarangligi kichik
(0,073 n/m) boʻlganligi uchun yonayotgan moddalarning tirqish
va teshiklariga tezda kirib ularni sovutadi. Bular hammasi oʻtni
oʻchirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Soʻnggi paytlarda suv neft mahsulotlarini ham oʻchirishda
ishlatilmoqda. Yongʻin boʻlayotgan yuzalarga suv mayda
zarrachalar holatida sepiladi. Bu mayda tomchilar (0,1-0,5mm
kattalikdagi) tezda bugʻlanadi va bugʻ
yonayotgan suyuqlik
yuzasini qamrab olib kislorodni oʻtkazmaydi.
Shuningdek suv, oxirgi paytlarda oʻt oʻchirishda keng
qoʻllanilayotgan havo – mexanik koʻpik hosil qilishda ham
ishlatiladi.
Oʻt oʻchirishda suvning salbiy xususiyatlaridan biri uning
elektr tokini oʻtkazuvchanligidir. Bu kuchlanish ostida boʻlgan
uskunalarni oʻchirishi imkonini bermaydi. Bundan tashqari, suv
ayrim moddalar (kaliy, natriy) bilan kimyoviy reaksiyaga kiri-
shib parchalanadi. Parchalanish natijasida ajralib chiqadigan vo-
dorod
portlashi mumkin, kislorod esa yonishni kuchaytiradi.
Shuningdek, suv bilan kaltsiy karbidni ham oʻchirib boʻlmaydi,
chunki unga suv tekkanda yonuvchi gaz – atsetilen ajralib
chiqadi.