O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Karbonat angidrid gazi. Bu gazni yongʻin chiqqan zonaga 
yoʻnaltirish natijasida u yerdagi havoning tarkibida kislorod 
miqdorini kamaytirish orqali yongʻinni oʻchirishga qaratilgan. 
Bu gaz yonmaydi. Agar havoda kislorod miqdori 15% gacha 
tushirishga erishilsa, yongʻin mavjud boʻlish imkoni yoʻqoladi. 
Karbonat angidrid gazi, yongʻin oʻchogʻiga gaz holatida hamda 
suyultirilgan karbonat angidridli holatida berilishi mumkin. 
Suyultirilgan karbonat angidridli oʻt oʻchirgichda u havo bilan 
reaksiyaga kirishib -70 
o
S haroratli qorsimon modda hosil qiladi, 
bu yonayotgan buyumlar yuzasini yaxshi sovutadi.
Inert gazlar. Yongʻinni oʻchirishda inert gazlar – azot va 
argon gazlari ham ishlatiladi. Ular ham karbonat angidrid gazi 
singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib kamaytiradi va 
bu yongʻinni oʻchirishga olib keladi. Bu gazlar karbonat angidrid 
gazi singari samarali emas.
Tutun 
gazlari. 
Tutun 
gazlarida 
kislorod 
miqdori 
havodagidan bir muncha kam boʻlib, taxminan 18-19%ni tashkil 
qiladi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa, undagi kislorod miqdo-
rini 5-6%gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yongʻinni 
oʻchirishda bemalol qoʻllanilishi mumkin. Oʻt oʻchirish texnika-
sida samolyotlarning oʻz ish muddatini oʻtagan reaktiv dviga-
tellarni ishlatish ham yoʻlga qoʻyilgan. Bular oʻt oʻchirishi 
mashinalariga oʻrnatiladi va tutun gazlari suv oqimi bilan birga 
yongʻin yuzalariga beriladi.
Ingibitorlar. Galoidlangan uglevodorodlar yonish reaksiya-
siga kimyoviy susaytirgich orqali ta’sir koʻrsatib yongʻinni 
toʻxtatadi. Bular inert gazlarga nisbatan ancha samaralidir. Bu 
maqsadda bromli etil, bromil etilen, dibromtetroftoreton (freon 
114 V
2
)lar ishlatiladi. Freon suv bugʻiga nisbatan 20 marta, 
uglerod oksidiga nisbatan 12 marta samaraliroqdir. Goloidlangan 
uglevodorodlar choʻgʻlangan paxta xom ashyosi va tolasini 
oʻchirishda ayniqsa qoʻl keladi. Ular elektr tokini oʻtkazmaydi 
va sovuq havoda muzlab qolmaydi. Qaynash haroratining 


136 
pastligi (38-98 
o
S) va oʻchuvchanligi ochiq joylardagi 
yongʻinlarni oʻchirishda qoʻllashga mone’lik qiladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin