150
SO
2
1-2
Nafas olish mobaynida oʻzgarish sezilmaydi
4-5
Quloqlarda shovqin kuchayadi va nafas olish
tezlashadi
8
Bosh ogʻrishi va aylanishi kuzatiladi
10
Inson hushidan ketadi.
12. 6. Mexanizatsiyalashgan oʻt oʻchirish vositalari
Mexanizatsiyalashgan, ya’ni asosiy oʻt oʻchirish vosita-
lariga suv nasoslari va avtomashinalar kiradi.
Suvnasoslar (motopompalar) umumiy asosga oʻrnatilgan
dvigatel va markazdan qochma nasosdan tarkib topgan
agregatdir.
Toʻqimachilik sanoatida asosan MP-800 va MP-1400
markali va mutanosib ravishda 800 va 1400 l/min ish
unumdorligiga ega boʻlgan suv nasoslari ishlatiladi. MP-800 suv
nasosi payvandlangan yengil rama ustiga oʻrnatilgan boʻlib,
koʻtarish uchun dastaklar yoki yongʻin chiqqan joyga gʻildiratib
borish uchun ikki gʻildirakli aravacha ustiga oʻrnatiladi.
Oʻt oʻchirish avtomobillari bajaradigan ishlaridan kelib
chiqib asosiy, maxsus va yordamchi avtomobillarga boʻlinadi.
Asosiy oʻt oʻchirish avtomobillari oʻt oʻchiruvchilarni, oʻt
oʻchirish anjom va vositalarni yonayotgan obyektga
olib borishni
hamda yonish zonasiga oʻt oʻchirish vositalarini uzatib berishni
ta’minlaydilar.
Maxsus oʻt oʻchirish avtomobillari yongʻinni oʻchirish
paytida maxsus ishlarni bajarishni ta’minlaydilar.
Yordamchi
avtomobillar
tezkor
boʻlinmalar
ishini
ta’minlaydilar, ammo ulardan toʻgʻridan-toʻgʻri yongʻinni
oʻchirishda foydalanilmaydi.
Maxsus va yordamchi oʻt oʻchirish avtomobillari yongʻin-
larda qanchalik tez ishga tushirilsa, shunchalik yaxshi natijalarni
beradi. Ular uchun yongʻin joyiga qanchalik tez yetib borish va
vazifasiga kirishish, xuddi asosiy oʻt oʻchirish avtomobillaridek
151
zarurdir. Shuning uchun maxsus oʻt oʻchirish avtomobillari ham
huddi asosiy avtomobillar singari, yongʻin xavfsizligi qismlarida
jangovor xolatda shay turishlari kerak. Maxsus oʻt oʻchirish
avtomobillariga benzovozlar, vodovozlar,
traktorlar, avtobuslar,
yengil avtomobillar, avtokranlar, buldozerlar va boshqalar kiradi.
Asosiy oʻt oʻchirish avtomobillari avtosisternalar (AS) yoki
sisternali oʻt oʻchirish avtomobillari barcha yongʻin avtomobil-
larining asosiy qismini (80%) tashkil etadi.
AS-asosiy va umumiy oʻt oʻchirish avtomobili boʻlib, yon-
gʻin sodir boʻlgan
joylarga shaxsiy tarkibni, oʻt oʻchirish
vositalarini va anjomlarini olib boradi va yongʻinni oʻchiradi.
Ular olib boraoladigan suv hajmi boʻyicha uch turga boʻlinadi.
- 2000l. gacha - yengil hajmli AS;
- 2000-4000l. gacha – oʻrta hajmli AS;
- 4000l. dan yuqori – ogʻir hajmli AS lar.
Hozirgi paytda mustaqil Respublikamizda yengil hajmli
sisternali oʻt oʻchirish avtomobillari ishlab chiqarish rejalashtiril-
moqda. Bu Uzotoyol shassisida Germaniyaning “MAGIRUS”
firmasi va Ukrainaning “TITAL” firmasi yordamida yigʻilgan va
hozirgi paytda Toshkent shahar Yunusobod tumani 18-yongʻin
xavfsizligi boʻlimida sinovdan oʻtayotgan avtosisternalardir.
“Magirus” firmasi yordamida yigʻilgan sisternali oʻt
oʻchirish avtomobili 1800 l suv va 150 l koʻpik hosil qiluvchi
moddani, haydovchi bilan olti oʻt oʻchiruvchini, diametri 25 mm
li 60 m. kauchukli ichak oʻralgan gʻaltakni oʻzi bilan olaoladi.
Oʻt oʻchirish anjomlari “Magirus” firmasiniki, suv nasosi 30 l/s
suvni soʻrib, uzatib beraoladi. Korpus
kabinasi haydovchi va
shaxsiy tarkib uchun alohida joylashgan.
“Tital” firmasi yordamida yigʻilgan sisternali avtomobil
2400l suv va 150l koʻpik hosil qiluvchi moddani, haydovchi bi-
lan olti oʻt oʻchiruvchini, diametri 25 mm li 60 m rezinali ichak
oʻralgan gʻaltakni oʻzi bilan olaoladi. Oʻt oʻchirish anjomlari
152
“TITAL” firmasiniki, suv nasosi 20 l/s suvni soʻrib, uzatib bera-
oladi. Korpus kabinasi haydovchi va shaxsiy tarkib uchun bitta.
Oʻt oʻchirish mashinalari uchun toʻqimachilik korxona-
larida maxsus depo quriladi. Ular magistral yoʻllar yoniga,
barcha obyektlarga mashinalar
bemalol bora oladigan qilib
quriladi. Zarur boʻlib qolsa qoʻshni korxonalarga ham tez
yordam bera olishi uchun depolar korxonadan chiqish dar-
vozalari yaqiniga qurilgani ma’qul. Ularning xizmat qilish
radiusi A, B va V toifali korxonalar uchun 2 km olinadi. Xizmat
radiusi bundan katta boʻlgan korxonalarda qoʻshimcha
ravishda
yongʻin postlari quriladi.
Dostları ilə paylaş: