13
• oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida mehnatni muhofaza
qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash;
• ishchilar uchun xavfsiz uskunalar, texnologiya va himoya
vositalarini ishlab chiqish va joriy etishni ragʻbatlantirish;
• mehnatni muhofaza qilishda fan, texnika yutuqlari hamda
ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribadan keng foydalanish;
• ishchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vo-
sitalari, terapevtik va profilaktik ovqatlanish bilan bepul ta’min-
lash;
• har bir ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasbiy
kasalliklarni majburiy tekshirish va hisobga olish;
• ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki
kasbiy kasallikka chalingan ishchilarning manfaatlarini ijtimoiy
himoya qilish;
• kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari,
korxonalar va jismoniy shaxslarning mehnat muhofazasini
ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qoʻllab-
quvvatlash;
• mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal qilishda
xalqaro hamkorlik.
Dostları ilə paylaş: