O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Tokning chastotasi va turi organizmning shikastlanishiga 
sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Oʻzgaruvchan 20-100 Gts chastota eng 
xavflidir. Bu diapazondan tashqarida xavf birmuncha pasayadi.
500000 Gts dan katta chastotali toklar toʻqimalarni qitiqla-
maydi va shuning uchun elektr toki urishi kuzatilmaydi, lekin 
ular terini kuydirishi mumkin.
Tokning organizmdan oʻtish yoʻlining shikastlanish 
natijasiga ta’siri katta. Tokning organizmdan oʻtish yoʻllari 
shartli ravishda uch hil boʻlishi mumkin. “Qoʻldan-qoʻlga”-
bunda kishi bir qoʻli bilan tokli qismlarga tegib, bir qoʻli bilan 
biror oʻtkazgichga tegib turgan hol “Qoʻldan-oyoqqa”- bu eng 
koʻp uchraydigan hol boʻlib, bu kishi bir qoʻli bilan (yoki ikki 
qoʻli bilan) tokli simga tegib, tok oyoqlari orqali yerga oʻtadi. 
Uchinchi hol “Oyoqdan-oyoqqa”- bu qadam kuchlanishi mavjud 
hollarda roʻy beradi. Bu kam uchraydigan va xavfliligi kam 
holdir.
Organizmda tok eng qisqa yoʻl bilan yurmaydi. Uning yoʻli, 
uchraydigan ichki a’zolarning qarshiligiga bogʻliq. Bunda 
tokning eng nozik a’zoimiz – yurak orqali qancha miqdorda 
oʻtishiga bogʻliq. Ya’ni yurak orqali qancha koʻp tok oʻtsa 
shuncha xavfli. Masalan: qoʻldan-qoʻlga oʻtganda yurakdan 
3,3%, chap qoʻldan – oyoqqa oʻtganda yurakdan 3,7%, oʻng 
qoʻldan-oyoqqa oʻtganda yurakdan 6,7%, oyoqdan-oyoqqa 
oʻtganda yurakdan 0,4% tok oʻtadi.
Elektr toki ta’sirining davomiyligi ham shikastlanish natija-
siga katta ta’sir qiladi. Tokning organizmga ta’sir vaqti ortishi 


101 
bilan organizmning qarshiligi kamaya boradi, natijada tokning 
miqdori orta boradi. Masalan: 30 s da badanning qarshiligi 25% 
ga 90 s da esa 70% ga kamayadi. Shuning uchun tok urgan 
kishiga zudlik bilan yordam berish kerak. Tok urgan kishilarga 
dastlabki daqiqalarda yordam berilganda 90 foizgacha qutqarib 
qolinganligi tajribalarda kuzatilgan.
Bulardan tashqari elektr tokining ta’siri kishi organizmining 
fizik va psixik xususiyatlariga ham bogʻliqdir. Yurak, oshqozon-
ichak, asab kasalliklari va sil bilan ogʻrigan kishilarga tok xavfli 
ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun elektr uskunalarida ishlovchi 
ishchilar maxsus meditsina koʻrigidan oʻtkaziladi va maxsus 
oʻqitiladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin