O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

XII. ATKDA YONGʻIN XAVFSIZLIGI 
 
12. 1. Yongʻindan himoya qilishni tashkil etish. Davlat 
yongʻin inspeksiyasining asosiy huquqlari va majburiyatlari 
Mamlakatimizda sanoat korxonalari, xalq xoʻjaligining 
barcha obyektlarini yongʻin xavfsizligini ta’minlashga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Yongʻin nazorati organlari tizimi yaratildi, 
davlat yongʻin nazorati tashkil etildi.
Korxonalar, muassasalar, idoralar va alohida fuqarolar 
tomonidan yongʻin xavfsizligi qoidalarining bajarilishi ustidan 
tizimli nazorat yongʻindan himoya qilish organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Shuningdek, ular yongʻindan himoya qilish 
boʻyicha qoidalar, koʻrsatmalar, texnik standartlarni ishlab 
chiqish va nashr etish uchun javobgardir: bu qoidalarning 
barchasi barcha boʻlimlar, korxonalar va jismoniy shaxslar 
uchun majburiydir.
Yongʻinning oldini olishga, yongʻin tarqalish yoʻllarini 
bostirishga, yongʻin sodir boʻlgan taqdirda odamlar va mulkni 
binolardan tez va xavfsiz evakuatsiya qilishni ta’minlashga 
qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu chora-tadbir-
lar yongʻinga qarshi vositalarni joylashtirishni va yongʻinni 
oʻchirishda oʻt oʻchirish brigadalarining harakatlarini aniq 
tashkil qilishni ta’minlashi kerak.
Avtotransport korxonalarida yongʻin xavfsizligi ishlari 
"Sanoat korxonalari va xalq xoʻjaligining obyektlarida ish 
paytida yongʻin xavfsizligi choralari boʻyicha yoʻriqnoma" 
asosida tashkil etiladi.
Davlat yongʻin nazorati Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
tomonidan viloyat (shahar va tuman) yongʻin xavfsizligi bosh-
qarmalari va ularning joylardagi organlari orqali amalga 
oshiriladi.
Davlat yongʻin nazorati organlari va inspektorlari zarur 
yongʻinga qarshi choralar koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish-


125 
ga, qoidabuzarlarga jarima solishga, yongʻin xavfi tugʻilganda, 
hatto korxonalar va ustaxonalar ishini toʻxtatishga haqlidir.
Rahbar (direktor, boshliq) avtotransport korxonasining 
yongʻin xavfsizligi uchun javobgardir. Bosh muhandis korxo-
nada yongʻinga qarshi ishlarning holati uchun mas'ul shaxsni 
tayinlaydi.
Rahbarning buyrugʻi bilan tayinlangan shaxslar alohida 
xizmatlar, boʻlimlar, uchastkalar, omborlar va boshqa ishlab 
chiqarish va ofis binolarining yongʻin xavfsizligi uchun 
javobgardirlar. Ularning mas'uliyati yongʻinga qarshi vositalar-
ning sozligʻini nazorat qilish, yongʻinga qarshi tadbirlarni 
amalga oshirishni oʻz ichiga oladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin