17
Kollektiv bitimning mazmuni va tuzilishi tomonlar tomoni-
dan belgilanadi. Jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar-
ning quyidagi masalalar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarini oʻz
ichiga olishi mumkin:
• ish haqi, pul mukofoti, nafaqa, kompensatsiya, qoʻshim-
cha toʻlovlar shakli, tizimi va miqdori;
• mehnatga haq toʻlashni tartibga solish mexanizmi, jamoa
shartnomasida belgilangan koʻrsatkichlarni bajarilishi;
• ishchilarni ishga joylashtirish, qayta tayyorlash, boʻshatish
shartlari;
• ish vaqti va dam olish vaqti, ta’tillar davomiyligi;
• xodimlarning, shu jumladan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan
ayollarning mehnat sharoitlari va mehnatini muhofaza qilishni
yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
• ishni oʻqish bilan birga jlib borayotgan xodimlar uchun
imtiyozlar;
• ixtiyoriy va majburiy tibbiy va ijtimoiy sugʻurta;
• jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilish va
boshqa masalalar.
Dostları ilə paylaş: