O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 6. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
1. 6. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va
bilimlarni tekshirish 
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlar 
davlat nazorati organlari tomonidan kasblari va ish turlari boʻyi-
cha belgilangan tartibda va muddatlarda oʻqishlari, bilimlarini 
tekshiruvi va qayta attestatsiyadan oʻtishlari shart.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha instruktajlar (yoʻriq-
nomalar) ishga kirish va ish joyidagi instruktajlarga boʻlina-
di. Ish joyidagi instruktaj oʻz navbatida, birlamchi, davriy va 
navbatdan tashqari boʻladi.


18 
Kirish instruktaji 
Korxonaga kiruvchi barcha ishchilar, ushbu korxonaga ish-
lash uchun yuborilgan boshqa tashkilotlarning xodimlari (mala-
kasi, ish stajidan va ish tajribasidan qat'i nazar), shuningdek, sta-
jyor va shogirdlar kirish instruktajini oʻtadilar.
Ishchilarning kirish nstruktaji mehnatni muhofaza qilish 
xizmati xodimi yoki ushbu vazifalar yuklangan boshqa xodim 
tomonidan amalga oshiriladi. Kirish instruktaji mehnatni muho-
faza qilish kabinetida ishlab chiqarish sharoitlari uchun oʻquv 
materialining oʻziga xos mazmuniga mos keladigan zamonaviy 
texnik oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qoʻllanmalar va adabi-
yotlardan foydalangan holda oʻtkazilishi kerak.
Kirish instruktaj bir guruh ishchilar yoki alohida ishchilar 
bilan ham oʻtkazilishi mumkin. Guruhning kattaligi, qoida tari-
qasida, 10 kishidan oshmasligi kerak.
Kirish instruktaji oʻtkazilgandan keyin maxsus jurnalga 
qayd etilib, sana qoʻyiladi, oʻtkazgan shaxs va oʻtagan xodim 
tomonida imzolanadi.
Ish joyidagi instruktaj 
Kirish instruktajidan tashqari barcha ishchilar ish joyida 
instruktaj olishlari kerak. Ish joyidagi instruktaj oʻtkazishdan 
maqsad, har bir ishchi toʻgʻri va xavfsiz mehnat usullariga 
oʻrgatilishi kerak. Ish joyidagi instruktaj jarayonida ishchi 
jihozlar, mexanizmlar, qurilmalar, ularning xususiyatlari, mum-
kin boʻlgan xavflar va ishning xavfsiz usullari, ish joyini tayyor-
lash tartibi bilan tanishadi. Ish joyidagi instruktajni oʻtkazish 
bevosita ishchi boʻysunadigan ustaga topshiriladi. Zarur boʻlgan-
da, tegishli mutaxassislar (mexaniklar, energetiklar, texnologlar, 
instruktorlar va nazoratchilar) ishtirokida instruktaj oʻtkaziladi.


19 
Elektrik boʻlmagan xodimlar uchun elektr xavfsizligi 
toʻgʻrisida instruktaj bosh energetik tomonidan amalga 
oshiriladi.
Ish joyidagi instruktaj ishni xavfsiz olib borish qoidalari va 
koʻrsatmalari asosida sex rahbarlari tomonidan ishlab chiqilgan, 
korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dasturlarga 
muvofiq oʻtkaziladi. Bunday koʻrsatmalar va ularning roʻyxati 
korxona bosh muhandisi va kasaba uyushma qoʻmitasi bilan bir-
galikda tasdiqlanadi.
Ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab 
chiqish va ular bilan ishchilarni tanishtirish sex rahbarlariga 
yuklatiladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin