Pedagogik vazifalar:
1) Ekskursiyalarni tayyorlash, o’tkazish hamda uning yakuni boyicha hisobot ishlarining mazmun va mohiyatini ochib berish;
2) To’garak ishlarining rejalarini tuzish. To’garak qatnashchilarining faolligini oshirish yo’llarini tushuntirib berish;
3) Ommaviy tadbirlarni tashkillashtirishga doir ma`lumotlarni tushuntirish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
ekskursiyalarni tayyorlash, o’tkazish hamda uning yakuni boyicha hisobot ishlarini amalga oshirishni o’zlashtiradilar;
to’garak ishlarining rejalarini tuzish, to’garak qatnashchilarining faolligini oshirish yo’llarini va boshqarish usullari bilan tanishadilar;
tadbirlarni tashkillashtirish va boshqarishga doir tasavvurlar shakllanadi;
|
Ta`lim metodi
|
Ma`ruza, tushuntirish, suhbat, interfaol metodi, “Toifalash jadvali” grafik organayzeri
|
Ta`limni tashkil etish shakli
|
Ma`ruza, ommaviy, guruhli
|
Didaktik vositalar
|
Ma`ruza matni, slayd-prezentatsiya
|
Ta`limni tashkil etish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona
|
Nazorat
|
O’z-o’zini nazorat qilish, refleksiya
|