O’quvchilarning ekskursiyada olgan bilimlaridan o’qituvchi keyinroq, masalan, maktab ustaxonalaridagi va hozirgi sanoat korxonalaridagi ish sharoitlarini taqqoslashda foydalanishi mumkin. Ma`lumki, bunday taqqoslash o’quvchilarda materiallarni qayta ishlashning progressiv, yuqori unumli usullari haqida to’g’ri tasavvur hosil qilishdari uchun o’tkaziladi.
18-Mavzu: Umumiy o’ra ta’lim makablarida tugaraklarni rejalashtirish va tashkilllashtirish
Sinflar, maktablar, tumanlararo ko’rgazmalarni tashkil etish metodikasi.
O’quvchilarni maktabdan tashqari to’garaklarga jalb etish
Olimpiadalarga tayyorgarlik va uni o’tkazish.
O’quv mashg’ulotining maqsadi
Talabalarda darsdan hamda o’quv muassasasidan tashqari mashg’ulotlarni rejalashtirish va tashkillashtirish hamda boshqarish qobiliyatlarini shakllantirish.
Pedagogik vazifalar: 1) Ekskursiyalarni tayyorlash, o’tkazish hamda uning yakuni boyicha hisobot ishlarining mazmun va mohiyatini ochib berish;
2) To’garak ishlarining rejalarini tuzish. To’garak qatnashchilarining faolligini oshirish yo’llarini tushuntirib berish;
3) Ommaviy tadbirlarni tashkillashtirishga doir ma`lumotlarni tushuntirish.