2.1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish mavzu boyicha ma`ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.
2.3. Sinflar, maktablar, tumanlararo ko’rgazmalarni tashkil etish uning yakuni boyicha hisobot ishlarini taqdimot texnologiyasi yordamida bayon etadi.
2.4. To’garak ishlarining rejalarini tuzish. To’garak qatnashchilarining faolligini oshirish yo’llari to’g’risidagi ma`lumotlar bilan tanishtiradi.
2.5. Olimpiadalarga tayyorgarlik va uni o’tkazish, tashkillashtirish yo’l-yo’riqlari to’g’risidagi ma`lumotlarni etkazadi.
Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi, muhim chizma va jadvallarni o’z daftarlariga qayd etishadi.
3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi) (20 minut)
3.1. Talabalarga sinfdan hamda maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va tashkillashtirish o’rgatish haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida “Toifalash jadvali” grafik organayzerini taqdim etadi.
3.2. “Toifalash jadvali” grafik organayzerini namoyish ettirish orqali ekskursiyalarni tayyorlash, o’tkazish hamda uning yakuni boyicha hisobot ishlarini tashkil etish to’g’risida talabalarning umumiy tasavvurlarini aniqlaydi.
3.3. Mavzu boyicha talabalarda aniq xulosalar, tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.
3.4. Talabalarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
“Toifalash jadvali” grafik organayzerini guruhlarda to’ldirishadi.