Didaktik vositalar
|
Tarqatma materiallar, mavzuga oid adabiyotlar va qo’llanmalar.
|
Ta`limni tashkil etish sharoiti
|
Texnik vositalarni qo’llashga mo’ljallangan auditoriY.
| 1-ilova
Mavzu: Bitiruv malakaviy ishi mazmuni va undagi muammolarni hal qilish uslublari
Reja:
1. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi va unga rahbarlik qilish
3. Bitiruv malakaviy ishlarini amalga oshirishda tadqiqot metodlari.
4. Bitiruv malakaviy ishlarini rasmiylashtirish, himoya qilish va unga qoyiladigan talablar.
Maqsad: Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqs ad va vazifalarini tushuntirish, malakaviy ishlar mavzusi va unga rahbarlik qitlish, bitiruv malakaviy ishni amalga oshirish metodlarini tushuntirish, rasmiylashtirish va unga rahbarlik qilish.
Natija: Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalarini tushunadilar, malakaviy ishlar mavzusi va unga rahbarlik qilish tartibi bilan tanishadilar, bitiruv malakaviy ishni amalga oshirish metodlarini tushunadilar.
Tezkor savollar:
Bitiruv malakaviy ishini maqsadi?
BMI tadqiqot metodlari?
BMI ni rasmiylashtirish?
|
2-ilova
Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishni bajarish (keyingi satrlarda malakaviy ish) — oliy ta`lim muassasasi bakalavriyatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir.
Malakaviy ishni bajarish maqsadi:
Ta`lim boyicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytarish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qoyilish jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga etkazish boyicha qaror qabul qilishda bo’lgan mas`uliyatni his etishga o’rgatish;
|
3-ilova
Dostları ilə paylaş: |