O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə148/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194
1709 (3)

Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari
Mehnat ta`limi o’qituvchilarini tayyorlash Davlat ta`lim standarti talablaridan kelib chiqqan holda pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilangan:
- talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish;
- talabalarning pedagogik-psixologik fanlar hamda maxsus fanlar boyicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash va amalda qo’llash;
- bo’lajak o’qituvchilarni amaliy ko’nikma va malakalar bilan, zaruriy holatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo’llash malakalari bilan ta`minlash;
- talabalarga sinf rahbari vazifalarini bajarishni, «Kamalak», «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashkilotlari bilan ishlashni o’rgatish;
- talabalarni sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi va o’tkazilishi bilan tanishtirish;
- talabalarga maktab o’quvchilarini fan olimpiadalariga tayyorlash rejalari bilan tanishtirish;
- talabalarni maktab, o’quv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy ahvoli, ilg’or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish;

3-ilova.

Pedagogik amaliyot mazmuni va uni tashkil etish
Malakaviy pedagogik amaliyot ta`lim-tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etadigan, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo’llayotgan, bu borada etarli ish tajribalariga ega bo’lgan, o’quv-moddiy ta`minoti bugungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta`limning umumiy o’rta ta`lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida tuziladi. Malakaviy pedagogik amaliyotni o’tkaziladigan ta`lim muassasalari oliy o’quv yurti joylashgan hududga iloji boricha yaqin joylashgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

4-ilova.

Pedagogik amaliyot jarayonida tayorlanadigan xudjatlar.

Pedagogik amaliyot tugaganidan so’ng talabalar quyidagi hujjatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirgan holda taqdim etadilar:


Amaliyotchining shaxsiy ish rejasi.
Pedagogik amaliyot kundaligi.
Amaliyotchi talabaning mehnat fani boyicha kamida 40 ta darsning tahlili (yo’nalishlar boyicha).
Tanlangan yo’nalish boyicha mehnat ta`limidan kalendar mavzuli reja.
Tarbiyaviy ish rejasi.
Tarbiyaviy soatlar tahlili.
Mehnat fanidan tashkil qilingan to’garak ishlar rejasi.
Yosh fiziologiya va gigiena fanidan mustaqil ish topshiriqlariga javoblar.
Tarbiyaviy tadbir stsenariysi.
Psixologik-pedagogik tavsifnoma:
a) 1 ta guruh uchun; b) 2 ta o’quvchi uchun.
10) Amaliyotchi talaba dars o’tgan fanidan 6-8 ta dars ishlanmasi.
11) Sinov dars rejasi va ishlanmasi.
12) Sinov dars uchun talaba tomonidan tayyorlangan o’quv-ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallar.
13) Sinov darsning tahlili va maktab metod birlashmasi (Maktab pedagogik kengashi) bayonnomasidan ko’chirma.
14) Amaliyotchi talaba uchun pedagogik amaliyot o’tgan o’quv muassasasining tavsifnomasi.
15) Yuqorida qayd etilgan hujjatlar umumlashtirilgan hisobot.




Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin