O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


-Seminar: Amaliy darsga tayyorgarlik ko’rish yo’riqnomalarni o’tkazish tartibi



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə191/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
1709 (3)

4-Seminar: Amaliy darsga tayyorgarlik ko’rish yo’riqnomalarni o’tkazish tartibi.
Amaliy mashg’ulotlarning psixologik tahlili dasturi.
1. Mashg’ulot o’tkazilayotgan xona, o’quv-ustaxonasining mashg’ulotni o’tkazishga tayyorgarlik darajasi.
2. O’quvchilarni mavjud bo’lgan ko’nikma va malakalar darajasi.
3. Mashg’ulotdan ko’zda tutilgan maqsad.
4. O’quvchilarning mashg’ulotga bo’lgan munosabatlari va mativlari.
5. Hosil qilinmoqsi bo’lgan ko’nikma va malakalar to’g’risida berilgan yo’l-yo’riqlarning xarakteri.
6. O’quvchilarda ko’nikma va malakalar xosil qilish maqsadida uyushtirilgan mashq (tanishtirish, sinov, asosiy, takrorlash) bosiqchlarining xarakteri, borishi uchun psixologik shartlarga rioya qilinganligi.
7. Mashg’ulot paytida o’quvchilaning bilish faoliyatini (idroki, xotirasi, xayoli, nutqi, tafakkuri) ishga solinishi va ularning xususiyatlari.
8.O’quvchilarning aqlini rivojlantirish maqsadida foydalaniladigan psixologik metodlar (vaziyat bilan bog’liq bo’lgan vazifalar, problemasi, inversiya, analogiya, taqqoslash)
9.O’quvchilarning mashg’ulot paytidagi xolati va uning sabablari.
10.O’quvchilarning dars paytidagi faoliyati va hulqi (bilish darajasi, malakasi, qobiliyati, xarakteri)


5-Seminar:Texnologiya fanida fanida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv ustaxonalariga qo‘yiladigan talablar.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, o‘quvchilar bilan olib
boriladigan ta’lim – tarbiya ishlarida o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan oz vaqt, kuch va mablag‘ sarflangan holda eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun ta’lim jarayoniga tadbiq qilinadigan va ilmiy jixatdan asoslangan tashkiliy metodik tadbirlar majmuasidir.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishni o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarga tadbiq qilinganda quyidagilarni bajarish nazarda tutiladi: sanitariya – gigeniya, yong‘inga qarshi jixozlar, o‘quv ishlari talablariga to‘la javob beradigan o‘quv ustahonalarini tashkil etish.
O‘quv ustaxonalaridagi asbob – uskunalar shunday tartibda va o‘qituvchining ish o‘rnidan shunday uzoqlikda joylashishi kerakki, o‘quvchilarning ish vaqtida o‘z gavdalarini to‘g‘ri tutushlari va mehnat xarakatlarini qulay va to‘siqsiz kuzatish uchun shart - sharoit yaratilishi, o‘qituvchining so‘zlari va o‘quvchilar javoblari yaxshi eshitilishi lozim. Ustaxonadagi dastgoxlarning miqdori kamroq bo‘lishi, lekin shu bilan birga o‘quvchilarning mehnat ta’limi dasturida mavzuga ajratilgan vaqt xajmida to‘xtovsiz ishlashini ta’minlashi zarur.
Barcha rejalashtiruvchi xujjatlar aniq ishlab chiqilishi, dasturga to‘la mos bo‘lishi, tanlab olingan ish turlari muayyan murakkabligiga qarab joylashtirilishi, ularni o‘quvchilar tayyorlashi uchun asoslangan vaqt normasi bo‘lishi kerak.
O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlari vaqtida o‘qituvchi darslar orasida o‘quvchilarga tanaffus berishi, bu vaqtda o‘quvchilarga ustaxonani yaxshilab shamollatish, mehnat faoliyatini davom ettirish uchun normal sharoitni tiklash, o‘zlari esa bu vaqtda dam olish uchun ustaxonadan chiqib turishlarini taklif etadi. O‘quv ustaxonasidagi asbob – uskunalarni yaxshi saqlash uchun, har bir o‘quvchiga 1 tadan biriktirib qo‘yiladi. O‘quvchi o‘ziga biriktirilgan asbob – uskuna yoki jixozni yaxshi saqlanishi uchun o‘qituvchi
va sinf jamoasi oldida javob beradi. YAxshi tashkil etilgan o‘quv ustaxonasi navbatdagi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘p vaqt talab qilmaydi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi uchun bu juda muxim. SHu sababli mehnatni ilmiy asosda tashkil etish nuqtai – nazardan o‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etilishi, o‘qituvchi uchun vaqtni tejaska imkon beradi.
O‘quv ustaxonalari o‘quvchilarga mehnat harakatlari, operatsiyalarini bajarish vazifalarini ishni bajarish usullarini, sifatli o‘rganish uchun maxsus sharoit yaratish maqsadida tashkil etiladi.
O‘quv ustaxonasini jixozlanishi shartli ravishda 3 qismga bo‘linadi: o‘quvchilarning ish o‘rni, o‘qituvchining ish o‘rni va foydalaniladigan uskunalar.
Ish o‘rni deganda – ustaxonaning 1 o‘quvchi tomonidan o‘quv – ishlab chiqarish ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan, asbob – uskunalar va moslamalar maqsadga muvofiq maydoncha tushuniladi. Ish o‘rnining o‘quvchi ish vaqtida o‘z gavdasini ancha qulay tutib turadigan, ortiqcha xarakatlar qilmaydigan darajada tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, tiskilar va moslamalar o‘quvchining bo‘yiga qarab to‘g‘ri balandlikda o‘rnatilishi maqsadga muvofiqdir. Bu talablarning buzilishi ish natijalarini kamayishiga, mehnat malakalarini sust tarkib topishiga, ba’zan esa kasb kasalliklarini paydo bo‘lishiga olib keladi.

Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin