O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Buyuk mutafakirlarning texnologiya ta`limi va tarbiyasiga oid fikrlari



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə34/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   194
1709 (3)

Buyuk mutafakirlarning texnologiya ta`limi va tarbiyasiga oid fikrlari.

O’rta Osiyoda yoshlarga texnologiya ta`limi berishning yo’lga qoyilishi. Sharq mutafakkirlarining pedagogik g’oyalar uzoq o’tmishga borib taqaladi. O’rta Osiyodan o’tgan qadimiy buyuk ipak yo’li Xitoy, Vizantiya, Hindiston shaharlari bilan bog’lanib, madaniyat va sanoatni rivojlantirishga, ilmga bo’lgan qiziqishga alohida e`tibor berishni taqozo etadi.


Farobiy shuning uchun ham ta`lim tarbiya masalalariga juda katta e`tibor berib, insoniy fazilatlarga erishish, oliy maqsad bilan kamolatga erishish, ta`limda texnologiya va aqliy tarbiyaga ega bo’lish muhim o’rin tutadi.
Al-Xorazmiy, Al-Roziylarning pedagogik qarashlarida ham jamiyatning rivojlanishida ta`lim-tarbiyaning o’rni yosh avlodlarni tarbiyalashda kasb-korlikning, hunarmandchilikning ijobiy ta`siri insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishlari zarurligini targ’ibot qilganlar.
IX- XII asr o’rtalarida turli fan sohalarining keng ko’lamda rivojlanishi, insoniyat tarixida buyuk entsiklopedik hisoblanadigan olimlar bilan bog’liqdir.
Ibn Sinoning ta`lim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha etib kelgan juda ko’p asarlari orasida tarqoq holda saqlanib qolgan.Ibn Sinoning tavsiya qilgan asarida tarbiya va ta`lim quyidagilarni o’z ichiga oladi: Aqliy tarbiya,Jismoniy tarbiya, Estetik tarbiya, Axloqiy tarbiya, Texnologiya tarbiyasi (hunar o’rganish)


3-ilova

Umumiy o’rta ta`limning tayanch o’quv rejasi.


Umumiy o’rta ta`lim maktablari uchun tayanch o’quv rejasi davlat ta`lim standartining tarkibiy qismi bo’lib, u ta`lim sohalarini me`yorlashga hamda maktabning moliyaviy ta`minotini belgilashga asos bo’ladigan davlat hujjatidir. Tayanch o’quv rejasi o’quv predmeti boyicha beriladigan ta`lim mazmunini o’quvchiga etkazish uchun ajratilgan o’quv soatlarining miqdorini ifodalaydi.
U har bir sinfda muayyan o’quv predmeti boyicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta`lim mazmunini aniqlashga asos bo’ladi.


4-ilova

DTS asosidagi umumiy o’rta ta`lim muassasalarining tayanch o’quv rejasiga asosan 1-9 sinflarda davlat komponentidagi umumiy soatlar miqdori 8616 soat.


Maktab komponentidagi umumiy soatlar miqdori 610 soat.
Davlat va maktab komponentidagi umumiy soatlar 9226 soatni tashkil etadi.
Davlat komponenti quyidagi ta`lim sohalarini o’z ichiga oladi va umumiy soatlar miqdori 8616 soatning quyidagi foizlari ajratilgan:

  1. Filologiya sohasi - 38,6 %

  2. Ijtimoiy bilimlar – 6,9 %

  3. Matematika ta`limi - 19,0%

  4. Tabiiy bilimlar – 14,0 %

  5. Ma`naviyat sohasi – 3,45 %

  6. San`at sohasi – 5,5%

  7. Texnologiya sohasi – 5,5 %

  8. Sog’lomlashtirish ta`limi - 7,0 %

5-ilova
T exnologiya sohasi texnologiya ta`limi va chizmachilik fanlarini o’z ichiga oladi. Bunda: texnologiya ta`limi – 4,72 % (407 soat), chizmachilik - 0,79 % (68 soat).
San`at sohasi musiqa madaniyati va tasviriy san`at fanlarini o’z ichiga oladi: musiqa madaniyati-2,75 % (237 soat), tasviriy san`at - 2,75% (237 soat).
Sog’lomlashtirish ta`limi sohasiga jismoniy tarbiya, fuqaro mudofaasi, inson xavfsizligi asoslari predmetlari kiradi. Bu sohaga 7,0 % o’quv vaqti ajratilgan. (610 soat).



Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin