Mavzu: «1-9 sinflarda texnologiya ta`limi» Reja:
1. Dastur mazmunini va uning yo’nalishlari.
1-7 sinflarda umumiy texnologiya tayyorgarligi
8-9 sinflarda kasb tayyorgarligigacha bo’lgan tayyorgarlik mazmuni.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kasb-hunar tayyorgarligi.
Maqsad: Talabalarga 1-9-sinflarda Texnologiya ta’limining mazmuni va uning rivojlanish taraqqiyoti haqida bilim ko’nikma va malakalar berish.
Natija: Talabalar 1-9-sinflarda Texnologiya ta’limining mazmuni va uning rivojlanish taraqqiyoti haqida bilim ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.
1-7 sinflarda o’quvchilarning ijtimoiy estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradigan oilaviy hayot va turmushda kerak bo’ladigan yuqorida ko’rsatilgan o’quv kurslari o’quvchilarda milliy madaniyat va an`analarga mehr-muhabbat uyg’otadi.
8-9 sinflarda kasb-hunarga yo’naltirish kursi ta`lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashini kengaytiradi, kasb-hunar ta`limi yo’nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko’maklashadi.