7-ilova
Texnologik xarita-ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqirish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik xujjatdir.
Texnologik jarayon – ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.
Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga etkazilgan xarakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.
|
№
|
Bajariladigan ishning mazmuni.
|
Eskiz
|
Ishlatiladigan asbob-uskunalar
|
Asosiy o’lchovlvr
|
1
|
Bichilgan yubka qismlariga kontrol chiziqlar o’tkazish.
|
|
Sm.lenta, chizg’ich, mel, igna, ip.
|
1,5-2 sm.
0,5- 0,7 sm.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8-ilova
Nima uchun? Grafikli organayzer.
5-Mavzu “Texnologiya ta`limi o’quv jarayonida ta`lim vositalaridan foydalanish metodikasi
“KEYS” STADI TEXNOLOGIYASI
Keysning asosiy maqsadi: Zamonaviy ta`lim vositalarining turlari va tavsifi. Ta`limda o’quv-ishlab chiqarish vositalari. Ta`lim vositalarining rivojlanish istiqbollari. Ta`lim vositalari tizimini shakllantirish texnologiyasi hamda ulardan majmuaviy foydalanishni o’rganish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
Zamonaviy ta`lim vositalarining turlarini o’ziga xosliklarini ochib berish;
Ta`lim vositalarining rivojlanish istiqbollarini ketma-ketlikda modellashtirish;
Ta`lim vositalari tizimini shakllantirish texnologiyasisi o’rganish, tahlil etish va klassifikatsiyasini tayyorlash.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar oldindan quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari lozim:
Talaba quyidagilarni bilishi kerak:
Ta`lim vositalari, o’quv-ishlab chiqarish vositalari, ta`lim vositalari tizimi, majmuaviy foydalanish, natural (tabiiy) ob`ektlar, o’quv modellari, mulyajlar, maketlar, nashriyot texnologiyalari, telekommunikatsiya, katta maketlar, ommaviy axborot vositalari, kompyuter robototexnikasi.
Talaba quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak:
tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish, abstraktlashtirish, loyihalash, modellashtirish.
Talaba quyidagi malakalarga ega bo’lishi kerak:
individual va hamkorlikda ishlash, kognitiv, evristik, kreativ faoliyat malakalari.
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo’lib, aniq topshiriqlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob`ekti Texnologiya ta`limida ta`lim vositalarining turlari va tavsifi hamda ulardan majmuaviy foydalanishni o’rganishga yo’naltirilgan. Bu tashkiliy keys bo’lib, ma`lumotlar topshiriqlar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan. Mavzu yuzasidan ko’nikma va malaklarni egallashga yo’naltirilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys muammolarni taqdim qilish, ularni hal etish, tahlil etish va yangi modelni ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish texnologiyasini yaratish va baholashga yo’naltirilgan. Ushbu keysdan “Kasb ta`limi metodikasi” va “Kasbiy pedagogika” fanlarini o’qitishda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |