O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


-Mavzu:Mehnat jarayonining tahlili va texnologiya ta’limida didaktik tushunchalar



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə53/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   194
1709 (3)

6-Mavzu:Mehnat jarayonining tahlili va texnologiya ta’limida didaktik tushunchalar


Bilim - nazariy ma’lumotlarda ifodalangan va ishlab-chiqarish topshiriqlarini ongli ravishda bajarish uchun zarur umumlashgan tajribadir. Bilimlarni o‘zlashtirish faktlarni, hodisalarni, tushunchalarni va qonuniyatlarni bilib olishdir.
Ko‘nikma – insonning o‘zidagi bilimlariga tayanib va ma’lum talablarga rioya qilib mehnat jarayonlarini bajara olishidir. O‘quvchilardagi ko‘nikma biror ishni bajarish uchun zarur va etarli darajada epchil harakatdan iborat bo‘ladi.
Malaka – ongli ravishda bajariladigan ishning bir xil mehnatni ko‘p marta takrorlanadigan, avtomatlashib ketgan tarkibiy elementdir. Kishining kasb mahoratini, hunarni egallash darajasidir. Ishchining malakasi ta’rif razryadi, klass yoki unvon bilan belgilanadi (3-razryadli chilangar, 2 klass haydovchi, po‘lat quyuvchining shogirdi va hokazo).
Kasb – insonning doimiy takrorlanib turadigan ishlab chiqarish faoliyati bo‘lib, u umumiy va maxsus ta’lim olish bilan o‘zlashtirilgan bilim va malakalarni talab qiladi.
Ixtisos – kasbdan jamiyatda mehnat taqsimoti natijasida vujudga kelgan va shaxs tomonidan mukammal egallab olingan tor mehnat faoliyatidir.
Masalan: mexanik, tokar, chevar, oshpaz, nonvoy va hokazo. Ishlab chiqarish jarayoni – har qanday mashina, mexanizm va hatto ayrim detallarni yaratish.
Texnologik jarayon – ishlab chiqarishning bir qismi bo‘lib, har qanday buyumni yaratish uchun ashyolar holatini o‘zgartirishdan (qo‘yish, qirqish yo‘li bilan ishlov berish, yig‘ish va hokazo) iboratdir.
Texnologik operatsiya- texnologik jarayonning bir ish o‘rnida bitta
Mehnat harakati- ishchining biron texnologik o‘tish elementini bajarishi. Masalan: bir vaqtning o‘zida zubilo va bolg‘ani qo‘lga olish uchun nerv-muskul faoliyatini ishga solishdir.
Ish harakati- ishchining biror texnologik o‘tishni bajarish uchun, masalan, bolg‘a bilan zubiloni urish kabi mehnat harakatlarining majmuidir.

Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin