3.1. Talabalarning mashg’ulot yuzasidan fikr va mulohazalirini bilish maqsadida “Besh minutlik esse” yozishlarini tashkil qiladi. 3.2. “Besh minutlik esse”larni o’qitish orqali talabalarning umumiy tasavvurlarini aniqlaydi.
3.3 «T-jadval» grafik-organayzeri savollarini talabalarga tarqatadi.
3.4. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.
3.5. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
“Besh minutlik esse” yozishadi. O’z fikrlarini boyitadi va to’ldiradi.
«T-jadval» grafik-organayzeri savollariga javob yozadi
Topshiriqni yozib olishadi.
1-ilova
REJA. 1. Texnologiya va dizayn yo’nalishidagi darslarni tashkil etish.
2. Servis xizmati yo’nalishidagi darslarni tashkil etish.
3. Qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi darslarni tashkil etish.
Maqsad: Talabalarga texnologiya ta`limi fanidan 3ta yo’nalish boyicha darslarni tashkil etishning xususiy tomonlarini o’rgatish.
Natija: Talabalarga texnologiya ta`limi fanidan 3ta yo’nalish boyicha darslarni tashkil etishning xususiy tomonlarini bilan tanishadilar.
Tezkor sovol: 1. Texnologiya jarayoni nima?
2. Texnologik jarayon nima?
3. Bilim, ko’nikma va malakani tushuntiring?
2-ilova “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi
Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi bo’limi:o’quvchilar yog’ochning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlarni egallash, ularni rejalash, yo’nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo’l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiena talablari to’g’risida bilim va amaliy ko’nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi ro’zg’orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog’ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma`lumotlarga ega bo’ladilar.