O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə100/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194
1709 (3)

DARSNING PSIXOLOGIK TAHLILI...
Pedagogik lug’atda “Darsni tahlil qilish uchun mashg’ulotni butunicha yoki ayrim tomonlarini ko’rib chiqish va baholashdir, deyilgan.
Tahlilda o’qituvchiining faoliyati ham o’quvchilarningfaoliyati ham hisobga olinadi. Darsning tahlili uning hamma tomonlarini o’z ichiga oluvchi ummumiy tahlil va uning ayrim tomonlariga qaratilgan mahsus tahlil deb turlariga ajratiladi”, deyilgan.
Bizningcha lug’atdagina bir oz to’ldirish kiritilgan holda darsning bir-biri bilan bog’liq bo’lganiga ilmiy, pedagogik –metodiy, psixologik tomonlari bor.Modomiki shunday ekan dars tahlilini: darsning ilmiy tahlili, darsning pedagogik –metodiy tahlili hamda darsning psixologik tahlili deb ajratish va ularni bir-biridan farq qila bilmog’i lozim bo’ladi.
Darsning ilmiy tahlili –darsda berilayotgan bilim, ko’nikama, malakalarning, tushunchalarning, tasavvurlarining qanchalik ilmiy ekanligini nazarda tutsa, darsning pedagogik-metodiy tahlili esa o’qituvchining darsda didaktik qoidalarga qanchalik rioya qilishini, u dars o’tayotganda qanday metodlar va qanday shakllardan foydalanishini va psixologik tahlil esa o’quvchilarning dars, mashg’ulot paytidagi psixik faoliyati bilan protsesslari, iroda –hissiyot sohasi, shaxsiy xususiyatlari qanday namoyon bo’lishi va o’qituvchining bilim darajasi, malakasi, qobiliyati va xarakterinii tahlil qilishini nazarda tutadi.
Darsning ilmiy, pedagogik tahlilida o’qituvchining darsdagi faoliyati tahlil qilinsa, psixologik tahlilda esa asosan o’quvchilarining faoliyati tahlil qilinadi. Chunki darsning ilmiy tomoni ham pedagogik –metodiy tomoni ham o’qituvchining faoliyati bilan bog’liq bo’ladi.
Darsda berilayotgan inshakltsiyani qabul qilish, o’zlashtirish, hosil qilinayotgan ko’nikma va malakalarni egallash esa o’quvchining psixik faoliyatining natijasidir. O’qituvchining butun hatti-harakati o’quvchilar faoliyatida to’liq o’z aksini topadi.
O’quvchilarning dars paytidagi sodir bo’layotgan ichki kechinma, prosesslari ya`ni psixik faoliyati, uning hatti-harakatlari, imo-ishorasi, nutq faoliyati, diqqati va boshqalari o’zining tashqi ifodasini topadi.
Ana shularga qarab darsni kuzatuvchi ularning ichki kechinmalari to’g’risida ma`lum xulosaga keladi. Demak, darsning psixologik tahlili uchun dars kuzatilar ekan, kuzatuvchi darsga kirgandan keyin sinfdagi 3-4 o’quvchini kuzatish ob`ekti qilib oladi va dars davomida ularni kuzatib boradi. Dars davomida kuzatilgan o’quvchilar o’zgartirilishi mumkin. Kuzatishdan olingan ma`lumot esa kuzatish kundaligiga qayd qilib boriladi. Kuzatuvchi darsdan chiqqandan keyin uni izohlab beradi.
Ma`lumki darslar nazariy va amaliy bo’lishi mumkin, ya`ni yoki nazariy bilim berishni ko’zda tutilgan dars, yoki amaliy ko’rinishida bilim berish bilan birga amaliy ko’nikma va malakalar berish darsi bo’lishi mumkin. Shunga mos ravishda dars tahlili amaliy mashg’uolarning psixologik tahlili va nazariy psixologik tahlili bo’lishi mumkin.

Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin