Mavzu:Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish Reja: 1.Maktab sharoitida to’garaklarni tashkil etish.
2.Sinflar, maktablar, tumanlararo ko’rgazmalarni tashkil etish metodikasi.
3.O’quvchilarni maktabdan tashqari to’garaklarga jalb etish
4.Olimpiadalarga tayyorgarlik va uni o’tkazish.
Maqsad: Talabalarda darsdan hamda o’quv muassasasidan tashqari mashg’ulotlarni rejalashtirish va sinflar, maktablar, tumanlararo ko’rgazmalarni tashkil etish tashkillashtirish hamda boshqarish qobiliyatlarini shakllantirish.
Teskor savol: 1.To’garak tashkil qilish rejasi.
2.Olimpiadalar o’tkazish va tuzish ketmaketligi
1.Maktab sharoitida to’garaklarni tashkil etish. Sinfdan tashqari ishlar o’z ichiga maktabda va maktabdan tashqarida o’quvchilarni o’qitish va mehnatga tarbiyalashni umumlashtiradi. Darsdan tashqari ishlar o’quv-tarbiyaviy protsessning ajralmas qismi hisoblanadi.
Duradgorlik, chilangarlik, tokarlik, avtomobil, elektrotexnika, tikuvchilik, kashtachilik, zardo’zlik, taom tayyorlash kabi to’garaklarni tashkil etish mumkun. Mehnat to’garagiga qarab tashkil qilinadigan bunday to’garaklarning maqsadi o’quvchilarning maxsus texnikaviy bilimlarini va mehnat ko’nikmalarini hamda malakalarini mazkur mehnat turiga tadbiran kengaytirish va chuqurlashtirishdan iboratdir. To’garak a`zolari o’quv ustaxonalari va kabinetlarini jixozlashda, ularni ko’rgazmali qurollar va moslamalar, texnikaviy-texnologik xujjatlar va x.k. bilan ta`minlashda aktiv qatnashadilar.