O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


-ilova «Aqliy hujum» metodi



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə134/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194
1709 (3)

10-ilova

«Aqliy hujum» metodi
Aqliy hujum - g’oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum» metodi biror muammoni echishda o’quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma`lum bir echimga kelinadigan eng samarali metod. Aqliy hujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud. Og’zaki shaklida o’qituvchi tomonidan berilgan savolga o’quvchilarning har biri o’z fikrini og’zaki bildiradi. O’quvchilar o’z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga o’quvchilar o’z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma`lum belgilar boyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to’g’ri va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.
Aqliy hujum metodidan foydalanilganda o’quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo’ladi, shu jumladan o’quvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O’quvchilar o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi o’quvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod o’quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.





20-Mavzu: Texnologiya fani o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar

Ma`ruzaga ajratilgan vaqt – 2s

Talabalar soni – __ ta


Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin